Reagan Gomez-Preston

amerikalik aktrisa

Reagan Amyre Gomez-Preston (1980-yil 24-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik televideniye, kino va dublyaj aktrisasi. U The WBning The Parent 'Hood (1995–1999) sitkomidagi Zaria Peterson va FOXda efir yuzini koʻrgan animatsion komediyasi The Cleveland Showdagi Roberta Tubbs (2009–2013) rollari bilan tanilgan. Aktrisa, shuningdek, vaqti-vaqti bilan Family Guy chiqishlarida Roberta Tubbs rolini takrorlab turadi. Gomes-Preston 2005–2006-yillardagi qisqa muddatli UPN sitkomi Love, Inc.da Francine sifatida koʻrinish bergan.

Reagan Gomez-Preston
Tavalludi
Reagan Amyre Gomez-Preston

24-aprel 1980-yil (1980-04-24) (44 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1995—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
DeWayne Turrentine (turm. 1999)
Bolalari 2 nafar

Yoshligi tahrir

Michigan shtatining Detroit shahrida puertorikan onasi Cheryl Gomez va afro-amerikalik otasi doktor Bennet Preston oilasida tugʻilgan[2]. Uning Kyle ismli ukasi ham bor[3].

Faoliyati tahrir

14 yoshida Gomes-Preston oʻzining aktyorlik karyerasini WBning The Parent 'Hood sitkomida Zaria Peterson rolida boshlagan[4]. Aktrisa UPN telekanalining One on One koʻrsatuvida Flexning singlisi/Briannaning xolasi Bernadett obrazini tasvirlagan. Shuningdek, u 1995-yil dekabr oyida efirga uzatilgan Soul Train haftalik musiqiy serialida maxsus mehmon sifatida koʻrinish beradi. Aktrisa qisqa muddatli UPN sitkomi Love, Inc.da Holly Robinson Peetega qarshi Francine rolini ijro etgan.

Gomes-Preston, shu bilan birga, Nickelodeonning The Amanda Show filmining sobiq aktyori hamdir. U King jurnalida ikki marta, 2003-yil sentabr/oktabr sonida hamda 2006-yil dekabr/2007-yil yanvar sonida koʻrinish bergan. U, shuningdek, Ruben Studdard suratga olgan Sorry 2004[5], Young Gunz tomonidan suratga olingan No Better Love[6] va T.I. tomonidan ishlangan Wever You Like musiqiy videolarida paydo boʻldi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Gomes-Preston 1995-yilda model DeWayne Turrentine bilan uchrashishni boshlaydi[7]. Turrentine hip hop duet guruhi Quo aʼzosi boʻlgan[8]. Er-xotin 1999-yil 10-noyabrda turmush qurishdi. Ularning Scarlett Annette Turrentineismli qiz (2007-yil 13-mayda tugʻilgan) va yger Attila Turrentine ismli oʻgʻil (2011-yil 2-aprelda tugʻilgan) farzandlari bor[9].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1995 Freaky Friday Heather TV Film
1996 Jerry Maguire Tidwelning jiyani
2001 Carmen: A Hip Hopera Caela TV Film
2002 Dead Above Ground Latrisha McDermont
2003 Love Donʼt Co$t a Thing Olivia
2004 Never Die Alone Juanita
Doing Hard Time Rayvon Jones Video
Hair Show Fiona
Trois: The Escort Lena Video
2005 Beauty Shop Ayol
2009 Dough Boys Hurliqo
Sweet Justice Asia Sterling
2010 A Gangland Love Story Julia
Kiss the Bride Robin Video
This Time Cheyenne Qisqa metrajli film
2012 Dysfunctional Friends Ebony
What Goes Around Comes Around Desirae Video
If You Really Love Me - TV Film
2013 Love Will Keep Us Together Tao TV Film
2018 Couples' Night Kia
2019 Dear Santa, I Need a Date Janelle Vaughn TV Film

Manbalar tahrir

  1. „Reagan Gomez-Preston Biography“. filmreference.com. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  2. Archived at Ghostarchive and the „Reagan Gomez-Preston Talks Why She Loves Being Puerto Rican“. youtube. 22-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
    „Reagan Gomez-Preston Talks Why She Loves Being Puerto Rican“. youtube. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  3. „Reagan Gomez-Preston Fast Facts“. TV Guide. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  4. „Reagan Gomez-Preston talks parenthood“ (16-sep 2011-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  5. „YouTube“. www.youtube.com. 2008-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „YouTube“. www.youtube.com. 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Reagan Gomez's Marriage Advice: 'Keep People Out of Your Business'“. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  8. „Got A Minute: Juicy Exclusive with Reagan Gomez-Preston!!!“. juicymagonline.com. 16-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil.
  9. Sister 2 Sister magazine, December 2003

Havolalar tahrir