Reaktiv artilleriya
Reaktiv artilleriya — reaktiv snaryad (mina)larni otish uchun moʻljallangan artilleriya turi. Reaktiv dvigatelnpnt tortish kuchi hisobiga snaryadlar moʻljalga yetkaziladi. Dushmanning jonli kuchlari, jangovar texnikasi, yadro hujumi vositalarini shikastlash va mudofaa inshootlarini buzish maqsadida snaryadlarni zalp bilan otish (birdaniga 6, 8, 10, 12, 16, 32 va hokazo snaryadni otish) uchun moʻljallangan. Reaktiv snaryadlar va ularni otuvchi qurilmalardan iborat. Snaryad (mina)larning nishonga toʻgʻri borishini stabilizatorlar taʼminlaydi. Har qaysi snaryadda reaktiv dvigatel boʻlgani uchun uni otishda murakkab va katta artilleriya tizimi talab qilinmaydi. Reaktiv artilleriyaning otuvchi qurilmalari tank, bronetransportyor va avtomashinalarga oʻrnatiladi. Reaktiv artilleriya birinchi marta 20-asr 30-yillarida SSSRda yaratilgan, Ikkinchi jahon urushida keng qoʻllangan.
Reaktiv artilleriyada stvolli va stvolsiz artilleriya tizimlari ishlatiladi. Stvolli tizimda stvollar soni 10—45 ta, snaryad (mina)larni otish uzoqligi 15– 25 km ni tashkil qiladi. Stvolsiz tizimda tutunsiz poroxli snaryadlar qoʻllanadi. Ana shunday dala Reaktiv artilleriyasining stvolsiz tizimi Ikkinchi jahon urushi paytida norasmiy ravishda "Katyusha" deb ataldi (bu quroddan birinchi jangovar zalp 1941-yil 14 iyulda amalga oshirildi). "Katyusha" Ikkinchi jahon urushida juda muhim rol oʻynadi. 2jaxrn urushida Reaktiv artilleriya Germaniya armiyasida ham (5, 6 va 10 stvolli minomyotlar), AQSH armiyasida ham (114,3 mm va 182 mm li reaktiv tizimlar) qoʻllandi. Urugsdan keyin koʻp mamlakatlarning armiyalarida ham Reaktiv artilleriya keng tarqaldi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |