Reaktiv turbina — ish jismi (gaz, bugʻ, suyuqlik) ning potensial energiyasini kinetik energiyaga aylantirib beradigan qurilma. Bunda potensial energiya faqat qoʻzgʻalmas soploli apparatning parrakli kanallaridagina emas, aylanuvchi ish gʻildiragining parrakli kanallarida ham kinetik energiyaga aylanadi (bu kanallarda ish jismi oqimining reaktiv kuchi vujudga keladi). Ish gʻildiragining parrakli kanallarida vujuda kelgan potensial energiya miqdorining umumiy foydalanilgan energiyaga nisbati reaktivlik darajasi deb ataladi. Amalda barcha turbinalar muayyan reaktivlik darajasi bilan ishlaydi, lekin reaktivlik darajasi 0,5 dan kichik boʻlmagan turbinagina Reaktiv turbina hisoblanadi. Reaktiv turbinaning aktiv (faol) turbina, reaktiv gaz turbinasi, gidroturbina va bugʻ turbinasi kabi turlari mavjud.[1]

Reaktiv turbina va Impuls turbina

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil