Referat
Referat (lot. refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, oʻqilgan kitob va hokazo mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni; oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan sharxli tahlilini oʻz ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza. R., odatda, ilmiy axborot vazifasini oʻtaydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar taxlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda R. ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida koʻp qoʻllaniladigan didaktik vositadir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasbhunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining fakultativ mashgʻulotlardagi maxsus axborotlari ham R. deyiladi. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan R. (avtoreferat)da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi.
Roʻzmon Keldiyorov[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |