Refleksologiya (refleks va ... logiya) — psixologiyadagi tabiiyilmiy oqim. Odamning butun psixik faoliyati tashqi muhit taʼsirida paydo boʻladigan reflekslar majmuidan iborat deb hisoblaydi. V. M. Bexterev asos solgan. 1900—20 yillarda Rossiyada tarqalgan. Bosh miya faoliyati bilan bogʻliq barcha reflekslarni tadqiq etib, ongning psixik faoliyatdagi oʻrnini inkor etdi, organizmning obyektiv ravishda kuzatish mumkin boʻlgan reaksiyalarini oʻrganish bilangina cheklandi. R. uzining ayrim yutuqdariga qaramay, psixik jarayonlarni mexanistik talqin etdi. 20-asrning 20-yillari oxirida oʻz mavqeini yoʻqotdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil