Regeneratsiya — 1) texnikada ish bajarib boʻlgan (eski) mahsulotga dastlabki sifatlarini qaytarish. Mas, iflos mashina moyini tozalash, eski rezinani suyultirib, plastik massa (regenerat)ga aylantirish va b; 2) issiqlik texnikasida — gazsimon yonish mahsulotlari issikdigidan yonilgʻini, havoni yoki ularning aralashmasini isitishda foydalanish (issiqlik qurilmalarida); 3) yadro texnikasida — reaktorda ishlatilgan yadro yonilgʻisini radiokimyoviy va kimyoviymetallurgik qayta ishlash jarayonlari majmui. Bunda yadro yonilgʻisidan yonib ulgurmagan birlamchi va yigʻilgan ikkilamchi yoqilgʻi ajratib olinadi. R. radioaktiv parchalardan tozalash va ularni koʻmish bilan birgalikda olib boriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil