Reimport (re... ing. va import kiritmoq, olib kelmoq) — chet elga chiqariladigan, ammo u yerda qayta ishlov berilmagan va isteʼmol qilinmagan tovarlarni qayta mamlakatning oʻziga qaytarib olib kelish. Chet el kimoshdi savdosida sotilmagan, konsignatsiya omborlarida saqlangan, koʻrgazma va yarmarkalarda sotilmagan, nuqsoni topilgan yoki talab boʻlmagani uchun qaytarilgan tovarlar R.ga kiradi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil