Reket (inglizcha racket — qoʻrqitish, doʻq-poʻpisa) — tovlamachilik, qoʻrqitish, doʻqpoʻpisa, zoʻravonlik va boshqa yoʻllar bilan biror narsa undirish. Odamlarni garovga olish orqali, avtomobillarni oʻgʻirlab egalaridan katta pul talab qilish kabilar raketga kiradi.

Raket dastlab Italiyaning Sitsiliya orolida paydo boʻlib, soʻng butun Yevropa mamlakatlariga yoyiddi. AQShda zoʻravon tovlamachi gangsterlar raket deyilgan. Sobiq SSSR hududida 80-yillarning 2-yarmidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar, kooperativlar, xususiy korxonalar, birjalar, savdo uylari, tijorat doʻkonlari paydo boʻlishi bilan raket vujudga keldi. Raket ogʻir jinoyatlar guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda unga qarshi keskin kurash olib borilishi natijasida raket bilan bogʻliq jinoyatlar ancha kamaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil