Rekombinatsiya (jarayon)
Rekombinatsiya — betartib harakat natijasida har xil ishorali ionlarning oʻzaro uchrashib neytral molekulalar (atomlar) ni hosil qilish jarayoni. R. hodisasini tuz, ishqor va kislotalarning suvdagi eritmalari, ionlashtirilgan gazlar, yarimoʻtkazgichlar va boshqalarda kuzatish mumkin. Eritmalarda bir vaqtning oʻzida eritilgan modda molekulalarining ionlarga ajralishi (dissotsiatsiyasi) va ionlarning birlashib molekulaga aylanishi sodir boʻlib turadi. Vaqt birligida dissotsiyalangan molekulalar soni shu vaqt davomida rekombinatsiyalashish natijasida hosil boʻlgan molekulalarning soniga teng bulib qolsa, muvozanat holat yuzaga keladi. Ikki xil ishorali ionlarning oʻzaro uchrashish ehtimoli musbat va manfiy ionlar konsentratsiyasiga mutanosib buladi. Agar eritmada erigan modda molekulalarining soni juda kam miqdorda boʻlsa, vujudga kelgan ionlarning bir-birlari bilan uchrashish ehtimoli kamayib ketadi, natijada R. sodir boʻlmaydi.
Yarimoʻtkazgichlarda har bir vaqtning oʻzida ikki jarayon yuz beradi: erkin elektron va kovaklarning juft holda hosil boʻlishi hamda elektron va kovaklarning juft holda yoʻqolishiga olib keluvchi R. ehtimolligi erkin elektronlar va kovaklar soniga mutanosib. R. jarayonida birlashuvchi ionlarning ortiqcha energiyalari elektromagnit nurlanish koʻrinishida ajralib chiqishi mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |