Rekonkista (ispancha Reconquista, reconquistar — jang bilan qaytarib olmoq) — arablar (aniqrogʻi mavrlar) bosib olgan hududlarni Pirenei yarim orol tub aholisi tomonidan 8—15-asrlarda jang bilan kaytarib olinishi. R. 718 yildagi Kovadonga jangi bilan boshlangan. 1212-yil Las Navasde Tolosa jangi hal kiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. 13-asr oʻrtalariga kelib, arablar qoʻlida faqat Granada (Gʻarnota) amirligi (1492-yil qulagan) qolgan, xolos. R. urushdan harob boʻlgan yerlarga aholini koʻchirish va iqtisodiy jihatdan oʻzlashtirish bilan birga qoʻshib olib borilgan. R. Pirenei yarim oroldagi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil