Ren Hang (talaffuzi: Jen Han) (1989-yil 23-fevralda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Wuhan Three Towns“ klubida oʻynaydi.

Ren Hang
任航
Hang in 2019.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ren Hang
Tavallud sanasi 23-fevral 1989-yil (1989-02-23) (35 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wuhan Three Towns
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2007 Changsha Ginde
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2010 Changsha Ginde 58 (0)
2011—2016 Jiangsu Suning 141 (8)
2017—2021 Hebei China Fortune 87 (4)
2021Wuhan Three Towns (Ijara) 30 (0)
2022 Wuhan Three Towns 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Xitoy 32 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-dekabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (5-sentabr 2017-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ren Hang futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Changsha Ginde bilan boshlagan, u 2007-yilning 4-oktyabrida „Shanghai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub safida debyut qilgan[1]. Keyingi mavsumda u 24 ta oʻyinda mayonga tushib, oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan, Changsha 2008-yilgi mavsum oxirida jadvalning oʻrtasidan joy olishgan[2]. U 2010-yilgi mavsumgacha jamoa himoyasida muntazam ravishda maydonga tushgan, oʻshanda klub yomon oʻyin koʻrsatgan va Ren jamoa birinchi ligadan tushib ketgani sababli klubni tark etgan[3].

2011-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Renga klubni tark etishga ruxsat berilgan va u yuqori divizion vakili Jiangsu Suning jamoasiga oʻtgan[4]. U klubdagi debyutini 2011-yilning 3-aprelida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[5]. Ren jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan, jamoaning natijalari asta-sekin yaxshilanib borgan va klub 2011-yilgi mavsum oxirida oʻzining eng yaxshi liga natijasini qayd etgan[6].

Ren 2016-yilning iyun oyida klub bilan shartnoma mojarosi tufayli „Jiangsu“ning zaxira jamoasiga tushirilgan. 2016-yilning 16-sentyabrida u Jiangsu bilan shartnomasini bekor qilgan va Xitoy Superligasining boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan. Ammo u 2017-yilgi mavsumgacha klub tarkibida maydonga tusha olmagan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 5-martida Henan Jianyega qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Ren Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[7]. U ilk xalqaro golini 2017-yilning 7-iyunida Filippinga qarshi oʻyinda (8:1) kiritgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Changsha Ginde 2007 Xitoy Super Ligasi 3 0 - - - 3 0
2008 24 0 - - - 24 0
2009 22 0 - - - 22 0
2010 10 0 - - - 10 0
Jami 58 0 0 0 0 0 0 0 58 0
Jiangsu Suning 2011 Xitoy Super Ligasi 28 1 0 0 - - 28 1
2012 30 1 1 0 - - 31 1
2013 20 0 2 0 6 0 1 0 29 0
2014 25 1 7 0 - - 32 1
2015 26 2 6 1 - - 32 3
2016 12 3 1 0 6 0 1 0 20 3
Jami 141 8 17 1 12 0 2 0 172 9
Hebei China Fortune 2017 Xitoy Super Ligasi 23 1 0 0 - - 23 1
2018 22 1 2 1 - - 24 2
2019 25 1 0 0 - - 25 1
2020 17 1 0 0 - - 17 1
Jami 87 4 2 1 0 0 0 0 89 5
Wuhan Three Towns (Ijara) 2021 Xitoy Birinchi Ligasi 30 0 0 0 - - 30 0
Karyerada jami 316 12 19 2 12 0 2 0 349 14

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2014 9 0
2015 13 0
2016 7 0
2017 3 1
Jami 32 1

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2017-yil 7-iyun Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy   Filippin 6 — 1 8-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Jiangsu Suning

  • Xitoy FA kubogi : 2015[8]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil

Wuhan Three Towns

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2021-yil

Manbalar tahrir

  1. „http://sports.sohu.com/20071004/n252478742“ (xitoycha). sports.sohu.com (2007-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  2. „China 2008“. rsssf.com (3-aprel 2009-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  3. „China 2010“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  4. „http://sports.sina.com.cn/j/2010-12-27/01315382592“ (xitoycha). sports.sina.com.cn (2010-yil 27-dekabr). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  5. „Jiangsu Sainty vs. Beijing Guoan 0-2“. soccerway.com (3-aprel 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  6. „China 2011“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
  7. „热身赛-佩兰首秀于汉超高迪破门 国足2-0马其顿“. xinhuanet.com (18-iyun 2014-yil). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
  8. „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.