Renault Korea (koreyscha: 르노코리아) Janubiy Koreyaning Pusan shahrida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlib, uning yagona yigʻuv zavodi ham shu yerda joylashgan. Kompaniyaning qoʻshimcha obyektlari Seul (boshqaruv), Giheung (tadqiqot va rivojlanish) va Daegu (avtomobillarni sinovdan oʻtkazish) shaharlarida joylashgan.

Renault Korea Co., Ltd.
Sobiq nomi
  • Samsung Motors, Inc.
  • Renault Samsung Motors Co., Ltd.
  • Renault Korea Motors Co., Ltd.
Turi Shoʻba korxona
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Egasi Renault
Qachon asos solingan 1995 (29 yil avval) (1995)[1]
Rahbariyat Stéphane Deblaise (CEO)[2]
Mahsulot(lar)i Avtomobillar
Aylanma daromadi Andoza:SK won (2022)[3]
Operatsion foydasi Andoza:SK won (2022)[3]
Boyligi 2,375.51 milliard von (2022)[3]
Ishchilar soni 3,638 (December 2022)
Vebsayti renault.co.kr

Kompaniya dastlab 1994-yilda Samsung chaebol tomonidan Nissanning texnik yordami orqali Samsung Motors nomi bilan tashkil etilgan. U avtomobillarni sotishni 1998-yilda, Janubiy Koreya Sharqiy Osiyo moliyaviy inqiroziga uchrashidan biroz oldin boshladi. 2000-yilda kompaniya Fransiyaning Renault avtomobil ishlab chiqaruvchisining shoʻba korxonasiga aylandi va Renault Samsung Motors (RSM) deb qayta nomlandi, Samsung esa ozchilik ulushini saqlab qoldi. Kompaniya 2022-yilning mart oyida Renault Korea Motors (RKM) savdo nomini qabul qildi. Avgust oyida bu kompaniyaning huquqiy nomiga aylandi. 2022-yilning dekabr oyida Geely kompaniya ulushining bir qismini Renault bilan kengroq hamkorlik doirasida sotib oldi. Lekin u hali ham Renaultning konsolidatsiyalangan shoʻba korxonasi boʻlib qolmoqda. 2024-yilning aprel oyida kompaniya oʻzining hozirgi nomini qabul qilgan.

Renault Korea elektr modellar va krossoverlarni oʻz ichiga olgan turli xil avtomobillarni bozorga chiqaradi.

Tarixi

tahrir

Boshlanishi: Samsung Group davri (1994–2000)

tahrir

1990-yillarning boshida Samsung rahbari Lee Kun-hee avtomobil sanoatini boshqa sanoatlarning yakuni sifatida e'tirof etadi. Samsung Group uchun bu butun guruhning resurslari va texnologiyalaridan to'lig'icha foydalanish imkoniyatini yaratardi[4]. Bunga jumladan, Samsung Electric va Samsung Electronics ham kiradi. Lee Kun-hee dastlab Kiani nazoratga olishga harakat qildi. Lekin boshqa raqiblar va qonuniy cheklovlar tufayli bu fikridan voz kechdi. Kia oxir-oqibat Hyundai tomonidan sotib olindi[5].

Lee yangi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya - Samsung Motors (SMI deb ham ataladi)[1] va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Samsung Commercial Vehicles Co., Ltd. tashkil etishga qaror qildi. Ikkinchisi Samsung Heavy Industries va Nissan Diesel yordamida tashkil etilgan[6][7]. SMI 1994-yilda tashkil topgan[1]. Daegu shahrida joylashgan Samsung Commercial Vehicles esa 1996-yilda tashkil topgan[7][8][9]. SMI o'z faoliyatini boshlaganidan ko'p o'tmay, Osiyodagi moliyaviy inqiroz yuz berdi[1][10]. Samsung SMI va boshqa asosiy bo'lmagan bo'linmalarini sotishga qaror qildi[11]. SMI sotuvga qo'yildi, Daewoo Motors birinchi qiziqish bildirgan kompaniyalardan biri edi[5][12]. Ammo inqiroz chuqurlashgani sababli Daewoo Motorsning o'zi GM tomonidan sotib olindi[13]. Hyundai Motors ham potensial xaridor sifatida ko'rib chiqilgan edi. Ammo Samsung Group va Hyundai Group o'rtasidagi korporativ ziddiyatlar buni imkonsiz qildi. 1998-yil dekabr oyida Renault bilan muzokaralar boshlandi va 2000-yil sentabr oyida fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi kompaniyaning 70% ulushini 560 million AQSh dollari evaziga sotib oldi[10][14]. Samsung Commercial Vehicles Samsungda qoldi, ammo kompaniya 2000-yil oxirida bankrotlikka uchradi[9][11].

 
Nissan Cefiro S Touring, eski SM5 versiyasining asosini tashkil qilgan
 
1999-yilgi Samsung SQ5, keyinchalik SM5 deb atalgan

Lee avtomobillarga bo'lgan qiziqishi tufayli SMIni global avtomobil kompaniyasiga aylantirish uchun sifatida Nissandan texnik yordam olishga qaror qildi[12]. Nissan o‘sha paytda moliyaviy qiyinchilikda edi. SMI bilan Nissanning aloqasi Renaultning kompaniyani sotib olish sabablaridan biri edi. Chunki o‘sha paytga kelib Renault Nissanning yirik aksiyadoriga aylangan edi. SMI uchun dastlab Volkswagen, BMW yoki Honda bilan texnik hamkorlik qilish ko'rib chiqilgan edi, deb ta’kidlagan SMI’ning dastlabki rejalashtiruvchilaridan biri[15]. 1998-yildan boshlab Renault Samsung Motors SQ5 modelini (hozirgi SM5) Chilida sotishni boshladi[16].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Thomsom, Neil; Baden-Fuller, Charles. Basic Strategy in Context: European text and cases. John Wiley & Sons, 2010 — 155-bet. ISBN 978-1-4051-6108-4. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr. 
  2. Kim, Da-sol „Renault Samsung names new CEO“. The Korea Herald (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 „르노코리아자동차 주식회사 재무제표에 대한 감사보 고서“ [Renault Korea Motors Co., Ltd. Audit report on financial statements] (ko) 6–10. Renault Korea Motors. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  4. Lee, Woonghee; Lee, Nam S. (2007). "Understanding Samsung's Diversification Strategy: The Case of Samsung Motors Inc.". Long Range Planning (Oxford: Elsevier) 40 (4–5): 496. doi:10.1016/j.lrp.2007.06.011. ISSN 0024-6301. http://wwwme.nchu.edu.tw/~CIM/courses/Computer%20Integrated%20Manufacturing/x2008%20paper%20reading%202/11%20Understanding%20Samsungs%20Diversification%20Strategy%20The%20Case%20of%20Samsung%20Motors%20Inc.pdf. 
  5. 5,0 5,1 Wad, Peter „The political business of development in South Korea“, . Political Business in East Asia. Routledge, 2002 — 194-bet. ISBN 0-415-27149-5. 
  6. „Company News: Samsung Planning commercial vehicle venture“. The New York Times (1992-yil 13-iyun). 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
  7. 7,0 7,1 „ko:삼성상용차 24일 파산 신청“ [Samsung Commercial Vehicles for bankruptcy in 24 days] (ko). article.joins.com. JoongAng Ilbo (2002-yil 23-fevral). 2013-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  8. „History“. Samsung. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
  9. 9,0 9,1 „Samsung Commercial Vehicle Applies for Bankruptcy“. The Chosun Ilbo (2000-yil 24-noyabr). 2013-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
  10. 10,0 10,1 „Renault Samsung: A French Recipe to Savor“. Bloomberg BusinessWeek (2002-yil 6-oktyabr). 2012-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  11. 11,0 11,1 Michell, Anthony „Samsung Electronics and the Samsung Group“, . Samsung Electronics and the Struggle For Leadership of the Electronics Industry. John Wiley & Sons, 2010 — 57–58-bet. ISBN 978-0-470-82266-1. 
  12. 12,0 12,1 „The short, troubled life of Samsung Motors?“. wardsauto.com. Ward's (1999-yil 1-yanvar). 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.
  13. Tiberghien, Yves „The Transformation of the Automobile Industry“, . Entrepreneurial States: Reforming Corporate Governance in France, Japan, and Korea. Cornell University Press, 2007 — 199-bet. ISBN 978-0-8014-4593-4. 
  14. „BUSINESS | Renault takes over Samsung“. BBC News (2000-yil 25-aprel). 2004-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-oktyabr.
  15. „ko:삼성차 몰락의 드라마“ [Samsung Motors' dramatic downfall] (ko). Dong-a Ilbo Magazine. 2013-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
  16. „Renault Samsung Motors cumple 10 años en Chile“ [Renault Samsung Motors celebrates 10 years in Chile] (es). terra.cl. Terra (2008-yil 8-iyul). 2013-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.