René Magritte
René Fransua Gislen Magritt (fransuzcha: René François Ghislain Magritte; 1898-yil 21-noyabr, Lessin — 1967-yil 15-avgust, Bryussel) — syurrealizm oqimida ijod qilgan mashhur belgiyalik rassom[1].
René Magritte | |
Tavalludi | 1898-yil 21-noyabr Lessin, Belgiya |
Vafoti | 1967-yil 15-avgust Bryussel, Belgiya |
Sohasi | Rassomchilik |
Oqim | Syurrealizm |
Mashhur suratlari | The Son of Man |
Yoshligi
tahrirRené Magritte 1898-yilda Belgiyaning Eno provinsiyasidagi Lessin shaharchasida dunyoga kelgan. Rassomning otasi, Leopold Magritte (1870–1928[2]) tikuvchilik va gazlama savdosi bilan shugʻullangan. Onasi, Regina (1871–1912[3]) turmushga chiqishdan oldin shlyapalar tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan. Lessinda bir necha yil istiqomat qilganlaridan soʻng Magrittelar oilasi Gilliga koʻchib oʻtgan. U yerda Renéning ikki ukasi: Paul (1902–1975[4]) va Raymond (1900–1970[5]) dunyoga kelgan. Shundan soʻng, oila 1904–1912-yillar oraligʻida Shatleda istiqomat qilgan. Shu yerda René 1904–1910-yillar oraligʻida boshlangʻich maktabni va oʻrta maktabning birinchi sinfini tugatgan[6].
René oʻz xotiralarida, buvisi istiqomat qiladigan Suanyi shahrida yashagan davrlarida doʻsti bilan tashlandiq qabristonda oʻynashni yaxshi koʻrganini va doimiy ravishda oʻsha qabristonda ijod qilgan rassom bilan koʻp uchrashganini eslab oʻtgan. Keyinchalik ushbu rassom Léon Huygens boʻlganligi ayon boʻlgan.
1912-yil martida Renéning onasi Regina depressiya holatida Sharlerua shahridagi Sambre daryosida choʻkib vafot etgan. 1913-yil fevralida, Regina Magrittening oʻz joniga qasd qilganidan bir yilga yaqin vaqt oʻtganidan keyin, Magrittelar oilasi Shatledan Sharlerua shahriga koʻchib oʻtgan. Oʻsha yilning avgustida boʻlajak rassom qassobning qizi, 12 yoshlik Georgette Berger bilan tanishib qoladi. Ular Birinchi jahon urushi boshlangunga qadar doʻst boʻlib, urush boshlangandan soʻng ajralishgan va tasodifan 6 yildan soʻng yana uchrashishgan.
Ijodiy faoliyatining boshlanishi, Bryussel (1915-1922)
tahrir1914-yil oxiri va 1915-yilning boshida Magritte oʻzining ilk sanʼat asarini yaratgan. 1,5 ga 2 metrlik rasmda yonayotgan otxonadan yugurib chiqayotgan otlar tasvirlangan edi. 1915-yilda boʻlajak rassom maktabni tashlab ketgan va Bryusselga koʻchib oʻtgan. Bu yerda tasviriy sanʼat akademiyasiga erkin tinglovchi boʻlib qatnashishni maqsad qilgan. Rassomning oʻzi eslashicha, u mashgʻulotlarga doimiy tarzda qatnashmagan va akademiyani 1918-yilda tark etgan. 1919–1920-yillar orasida u abstraksionist Pierre-Louis Flouquet bilan birgalikda ijaraga studiya olgan. Taxminan shu davrda u shoir Pierre Bourjois va uning akasi, arxitektor Viktor Bourjois bilan tanishadi. Oʻz doʻstlari bilan birgalikda Magritte „Au Volant!“ (Yoʻlda) jurnalining 4 ta sonini chop qilishgan[7].
Ushbu davrga kelib Magritte oʻzining ilk asarlarini ommaga koʻrsatishni boshlagan. Uning ilk ommaviy kartinalari namoyishi 1919-yilda Centre d’Art galereyasida amalga oshirilgan. Bunda uning kartinalari emas balki 2 ta guash afishalar taqdim etilgan. Oʻsha yili René ommaga oʻzining ilk sanʼat asarini namoyish etgan. Ushbu kartina nomi Femmes („Ayollar“)[8] yoki Nu („Yalangʻoch ayol“)[9] boʻlgan. Tadqiqotchilar Margittening ilk ijodida kubizm (ayniqsa Pablo Picasso) va futurizm taʼsiri kuchli ekanligini eʼtirof etishgan.
1920-yilda botanika bogʻida sayr qilib yurgan René tasodifan oxirgi marotaba 1914-yilda koʻrishgan Georgetteni uchratib qolgan. Renéning 1920–1921-yillardagi Belgiya armiyasidagi harbiy xizmatidan soʻng, 1922-yil 28-iyunda u va Georgette nikoh qurishgan hamda Bryusselning Laken tumaniga koʻchib oʻtishgan.
Belgiya syurrealizmi (1923-1927)
tahrirMagritte 1926-yilda Belgiyaning Sento galereyasi bilan shartnoma imzolagunga qadar qogʻoz fabrikasida plakat va reklamalar rassomi sifatida ishlaydi. Shundan soʻng u oʻzini butunlay tasviriy sanʼatga bagʻishladi.
1926-yilda Magritte oʻzining eng birinchi omadli kartinasi hisoblagan syurrealistik janrdagi The Lost Jockey kartinasini yaratadi. 1927-yilda tanqidchilar tomonidan omadsiz deb baholangan rassomning ilk koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Parij syurrealizmi (1927-1938)
tahrirMagritte va Georgette Parijga koʻchib oʻtishadi va u yerda André Breton bilan tanishib, uning syurrealistlar toʻgaragiga aʼzo boʻlishadi. Ushbu toʻgarakka a’zo boʻlish Magrittega oʻziga xos uslubiga ega boʻlishiga yordam beradi. Rassom boshqa syurrealistlar bilan bahslashishdan qoʻrqmaydi: misol uchun, u psixoanalizning sanʼatda namoyon boʻlishiga salbiy qaragan va qoralagan. René Magrittning ijodiga nazar tashlasak, rassom asarlarining tabiati psixologik emas, falsafiy-sheʼriy va fikrlash paradokslariga asoslangandir. Rassom oʻz ijodini „sehrli realizm“ deb ataydi. Magritte buni shunday taʼriflaydi: „Men obyekt yoki mavzuni savol tarzida qabul qilaman. Shunday soʻng ushbu savolning javobi boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa obyektni qidiraman. Javob boʻladigan obyekt savol bilan bir necha sirli bogʻliqliklarga ega boʻlishi kerak“[10].
Sento galereyasi bilan shartnomani bekor qilgandan soʻng Magritte Bryusselga qaytadi va yana reklama sohasida ishlay boshlaydi. Keyin esa akasi bilan birgalikda ularga doimiy daromad olib keladigan oʻz agentliklarini ochishadi[11].
Urush yillari, „Renoir davri“ (1940–1948)
tahrirIkkinchi jahon urushi davridagi nemis okkupatsiyasi davrida René oʻz uslubini oʻzgartirib, impressionistlar, avvalo Renoir uslubiga taqlid qila boshlaydi: rassom ushbu qiyin davrda insonlarni ruhlantirish va ularda umid uchqunlarini uygʻotishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Shu sababdan ushbu davrdagi Magritte ijodi Renoir davriga oiddir (fransuzcha: Période Renoir)[12]. Ushdu davrga oid rassomning eng mashhur asarlaridan biri 1943-yilda yaratilgan La moisson („Hosil“) kartinasi hisoblanadi[13]. René Magritte oʻz ijodida yangi uslubni 1947-yil bahorigacha sayqallaydi. Ushbu uslubda 70 ga yaqin kartinalar yaratadi. Oʻzining yangi konsepsiyasini u „quyoshli syurrealizm“ (fransuzcha: Le Surréalisme en pleine soleil) deb nomlaydi. U Bretonga yuborgan maktubida hattoki yangi davr — „quyoshli davr“ni (fransuzcha: Période solaire) eʼlon qiladi. Lekin Breton va Magrittening muxlislari, shuningdek kolleksionerlar rassomning ushbu yangiliklariga salbiy fikrda boʻlishadi[14].
Urushdan keyingi davr (1949–1967)
tahrirUrushdan soʻng rassom „quyoshli“ uslubda ijod qilishni toʻxtatadi va oʻzining urushdan oldingi uslubiga qaytadi. Oʻz kartinalarini qayta ishlab u oʻzining noodatiy uslubini yaratadi va keng miqyosda mashhurlikka erishadi.
René Magritte oʻzining Empire of Light kartinasining yangi variantini oxiriga yetkaza olmay 1967-yil 15-avgustda oshqozon osti bezi saratoni tufayli vafot etadi. Rassom Sxarbeks qabristoniga dafn etiladi.
1993-yilgi Belgiya pochta markasida René Magrittening portreti aks ettirilgan.
Magritte muzeyi
tahrirMagritte muzeyi (fr.: Musée Magritte) Bryusselning Qirollik sanʼat muzeylari kompleksiga kirib, 2009-yilda Antenlox mehmonxonasi binosida ochilgan[15]. 2500 m² maydondan rassomning 230 ga yaqin asarlari joy olgan. Ularning katta qismi rassomning rafiqasi Georgette va shoira Iren Xamoa kolleksiyalaridan olingan[16].
Hujjatli filmlar
tahrir- 2016 — René Magritte. Man in the Hat / René Magritte. Shlyapadagi odam (rejissyor: Michael Burke / Maykl Bork)
Manbalar
tahrir- ↑ Calvocoressi 1990, 26-b.
- ↑ „Family tree of Léopold MAGRITTE“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „Family tree of Adeline BERTINCHAMPS“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „Family tree of Paul MAGRITTE“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ „Family tree of Raymond MAGRITTE“ (en). Geneanet. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
- ↑ [prabook.com/web/rene.magritte/1110160 „Rene Magritte“]. PraBook.
- ↑ Brodskai︠a︡, N. V. (Natalʹi︠a︡ Valentinovna). Surrealism : genesis of a revolution. New York: Parkstone International, 2012. ISBN 9781780428734, 1780428731.
- ↑ Susan Day. „The Contradictory World of René Magritte“. Susan Day (2018-yil 19-mart). 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-fevral.
- ↑ „Rene Magritte - 370 artworks - WikiArt.org“. www.wikiart.org. 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-fevral.
- ↑ Геташвили 2016.
- ↑ „20 Fascinating Facts About The Exorcist“ (en) (2017-yil 26-dekabr). 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „Magritte / Renoir. Le surréalisme en plein soleil | Musée de l’Orangerie“ (fr) (deadlink). www.musee-orangerie.fr. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ „Œuvre « La moisson » – Musées royaux des Beaux-Arts de Belgique“ (fr) (deadlink). www.fine-arts-museum.be. 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ Аллмер 2020.
- ↑ „Origin – Magritte Museum“ (en). www.musee-magritte-museum.be. 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Artworks – Magritte Museum“ (en). www.musee-magritte-museum.be. 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Patrishia Allmer. Це Магрітт. Львів: Видавництво Старого Лева, 2020. ISBN 978-617-679-771-5.
- N. V. Getashvili. Рене Магритт. Лучшие современные художники. М.: Комсомольская правда, Директ-Медиа, 2016. ISBN 978-5-4470-0088-2.
- M. I. Tkach. Энциклопедия пейзажа. М.: Olma Media Group, 2002 — 207-bet. ISBN 5948491366, 9785948491363.
- Mishel Fuko. Это не трубка. М.: Художественный журнал, 1999. ISBN 5-901116-02-Х.