Rene jumbogʻi
„Rene jumbogʻi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub fantastik hikoya va ilmiy-fantastik qissalar toʻplami. 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga „Nomaʼlum odamlar“ hamda „Doʻstimning kashfiyoti“ hikoyalari va „Olis sayyorada“ hamda „Rene jumbogʻi“ qissalari kiritilgan.
Muallif | Hojiakbar Shayxov |
---|---|
Janr | hikoyalar va qissalar |
Til | oʻzbekcha |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Nashr etilgan sanasi | 1977 |
Sahifalar soni | 144 |
Asarni V. Nechiporenko rus tiliga tarjima qilgan. Ruscha nashr 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]
Birinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, G. Jirnov – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, T. Gulak – texnik muharrir, M. Toirov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa. 2004-yil „Sharq“ nashriyoti „Rene jumbogʻi“ni lotin yozuvida nashr qilgan.
Qissa va hikoyalarTahrirlash
Hikoyalar
- „Nomaʼlum odamlar“
- „Doʻstimning kashfiyoti“
Qissalar
- „Olis sayyorada“
- „Rene jumbogʻi“
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Rene jumbogʻi“(rus.) . Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 16-sentabr 2016-yil.
HavolalarTahrirlash
- „Rene jumbogʻi“ hikoyasi Arxivlandi 2016-09-16 Wayback Machine saytida.