Olmos jilosi

oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub qissalar toʻplami

„Olmos jilosi“oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissalar toʻplami. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplam rus tiliga ham tarjima qilingan.[2]

Olmos jilosi
Muallif(lar) Hojiakbar Shayxov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissalar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1983
Sahifalar soni 288

Toʻplamga oʻzbek fazogiri Olmos Azizovning kosmik sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi besh qissa kiritilgan. Asarda sovet mafkurasiga mos ravishda kommunizm gʻoyalari olqishlangan. Toʻplamga Xudoyberdi Toʻxtaboyev taqrizchilik qilgan. Asar soʻnggida filolog Pirmat Shermuhamedovning Shayxov ijodi haqidai „Istiqlol shaydosi“ maqolasi keltirilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Anvar Obijdon – muharrir, P. Anenkov – rassom, A. Gʻulomov – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, S. Saydolimov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Qissalar tahrir

  • „Alanga“
  • „Rene jumbogʻi“
  • „Reya toshlari“
  • „Qora tuynuk sari“
  • „Olmos jilosi“

Manbalar tahrir

  1. „Olmos jilos“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
  2. „Olmos jilos“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.