Renta
Renta (nem. rente, lot. reddita — qaytarib berilgan) — 1) keng maʼnoda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uy-joy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor maʼnoda R. — qatʼiy daromadli pul kapitali va qimmatli qogʻozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda R. tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllanadi (qarang Yer rentasi); 2) sugurta polney boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtalangan shaxsga har yili toʻlanadigan pul summasi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |