Renta shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni foydalanish uchun beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi. Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak. Renta munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (32bob)da bayon qilingan.[1]Renta aynan ko'chmas mulklarga nisbatan emas balki transport vositalari shuningdek mayda mulklarga nisbatan ham foydalaniladi.Renta shartnomasida renta oluvchi foydasiga garov qo'yishi kerak.Bu kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan fors-major holatlarida zararni qoplash uchun beriladi.Renta oluvchi renta to'lovchiga shartnomaning bandlariga o'zining talablarini ham qo'yishi mumkin.Xususan ko'chmas mulk bo'lsa xona ichini o'zgartirmaslik,ta'mirlamaslik,daraxtlarni kesmaslik,buzmaslik kabi o'zining shartlarini qo'yishi mumkin yoki aksincha bo'lishi mumkin ushbu shartlar.Renta shartnomasining qiymati mulkning umumiy bahosidan kelib chiqib qo'yiladi va bu shartnomada keltirib o'tiladi.Renta shartnomasida shuningdek to'lovni to'lash muddati ham keltiriladi.Agar nizo kelib chiqqan taqdirda Fuqarolik kodeksiga asoslanib Fuqarolik va Iqtisdoiy sudlarda ko'rib chiqiladi.Bu holat ham shartnomada keltirib o'tiladi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik KodeksiFuqarolik huquqi Fuqarolik kodeksi