Rentgen nurlari difraksiyasi
Rentgen nurlari difraksiyasi — rentgen nurlarining kristallarda yoki suyuk/shk va gaz molekulalarida sochilishi natijasida ekranda hosil boʻladigan difraksion manzara. Rentgen nurlarining toʻlqin tabiatini nemis olimlari M. Laue, V. Fridrix va P. Knippinglar kashf etgan (1912).
Rentgen nurlarining toʻlqin uzunligi bilan kristall panjaralar doimiysining bir-biriga yaqinligi rentgen nurlarining kristallardagi difraksiyasini kuzatishga imkon beradi. Rentgen nurlari kristallar orqali oʻtganda koʻp oʻlchamli panjaralar difraksiyasi sodir boʻladi. Difraksion maksimumlarni linzasiz kuzata olish uchun rentgen nurlari dastasi gʻoyat ingichka qilib olinadi. Kristall panjaradagi maʼlum toʻlqin uzunligiga tegishli maksimumlarni hisoblash usulini rus fizik kristallografi G. V. Vulf va U. L. Bregg bir-biridan mustaqil ravishda taklif etganlar (1913). Bu usul Bregg—Vulf sharti deb ataladi.
Rentgen nurlari difraksiyasi d.dan kristall panjara tipini va uning doimiysini aniqlashda kristall panjara tipi va doimiysi maʼlum boʻlsa, rentgen nurlarining toʻlqin uzunliklarini aniqlashda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |