Rentgenografiya {rentgen va ... grafiya) — obyekt (Mas, organizmning biror qismi) tasvirini rentgenogramma yordamida tekshirish; rentgenodiagnostikashshg asosiy usullaridan biri. R. paytida obyekt rentgen nurlari manbai bilan rentgenoplyonka yoki plastinkali kasseta orasida turadi. Ayrim xrllarda quyuq soya bermaydigan va atrofdagi aʼzo va toʻqimalardan yaqqol ajralib koʻrinmaydigan aʼzolarga rentgen kontrast moddalar yuborib, rentgenogrammasi olinadi. Olingan surat davolash muassasasida saqlanadigan hujjat boʻlib, bundan keyingi rentgenogrammalar bilan taqqoslashga xizmat qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil