Retsidiv (lot. recidivus — qaytalanuvchi, takrorlanuvchi) (tibbiyotda) — biror kasallikka uchragan bemorda mazkur kasallikning kaytalanishi. Ich terlama, paratiflar, virusli gepatitlarda kuzatiladi. Bemor oʻzini yengilroq his qila boshlagan va kasallik alomatlari yoʻqola borayotgan davrda kasallik qaytadan avj ola boshlaydi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi. Yuqumli kasalliklarga nisbatan olinsa, pasaya boshlagan gavda haroratining qaytadan koʻtarilishi R. boshlanishining darakchisi hisoblanadi. Odatda, R. dastlabki kasallikdan ogʻirroq oʻtadi, chunki bemor betoblikdan soʻng hali kuchquvvatini toʻla tiklamagan boʻladi. R. alomatlari paydo boʻlishi bilan vrach bemor ahvoliga mos keladigan rejim tayin qiladi va qoʻshimcha doridarmon va muolajalar buyuradi.[1]

Norvegiya

tahrir

Norvegiya dunyoda eng past retsidiv jinoyatlarni sodir etgan mamlakat sifatida 2010-yil 20%[2][3], 2014 yilda 24%, 2015 yilda 23%, 2016 yilda 22%, 2017 yilda 19% va 2018-yilda 18% koʻrsatgich bilan oʻz oʻrniga ega boʻldi[4]. Norvegiyada 2017-yildan boshlab 5 yillik davrda takroriy jinoyatlar darajasi har qanday ayblangan jinoyat uchun 38,7%, mulkni oʻgʻirlash uchun 49,6%, jinoiy zarar uchun 45,2%, zoʻravonlik va shafqatsizlik uchun 46,8%, jinsiy jinoyatlar uchun. 31,7%, giyohvandlik va alkogolizm bilan bogʻliq jinoyatlar uchun 48,1%, yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun 27,8% tashkil qildi[5].Norvegiyadagi qamoqxonalar va Norvegiya jinoiy adliya tizimining asosiy maqsadi mahkumlarga jazo tayinlashdan koʻra, ularni qayta tarbiyalsh va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Sentenced to Serving the Good Life in Norway“. time.com. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  3. „Why Norway's prison system is so successful“. businessinsider.com. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  4. „Correctional Statistics of Denmark, Findland, Iceland, Norway and Sweden“. fangelsi.is. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  5. „Offences investigated“. ssb.no. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.


Manbalar

tahrir