Revolver
Revolver (lot. revolvo — aylanaman) — aylanuvchi barabanmagazinli, koʻp zaryadli, oʻyma stvolli shaxsiy oʻq otar qurol; toʻpponcha turi. 100 m gacha masofadagi jonli nishonni shikastlaydi. Kalibri 7,62—11,56 mm, ogʻirligi 0,75—1,3 kg, barabanidagi patronlar soni —6—7. Oʻq otilganda baraban aylantirish mexanizmi barabanni aylantiradi. Dastlabki (16— 19-asrlar) R.lar piltali va chaqmoqli boʻlgan, ularning barabani qoʻlda aylantirilgan. 19-asrning 10—30y.larida barabanni mexanik ravishda aylantiradigan R.lar ixtiro kilindi. 1895-yilda nagan tizimidagi R. namunasi ishlab chiqarildi. Vazifasiga koʻra, R. harbiylar, politsiyachilar, fuqarolar ishlatadigan va sportda qoʻllaniladigan xillarga boʻlinadi. Avtomatik pistoletlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi munosabati bilan armiya va flot R. bilan qurollantirilmaydigan boʻldi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |