Reyka (rus. — yogʻoch gʻoʻla) — 1) tishli R. — bir tomoniga tishlar ochilgan prizmatik yoki silindrik sterjen; tishlari tishli gʻildirak (shesternya) tishlari bilan ilashib, ilgarilamaqaytma harakat qiladi. Aylanma qarakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi va aksincha. Yuk koʻtarish mexanizmlari, stanoklar va boshqalarda qoʻllaniladi;2) geodeziyada — a) ikki nuqta balandligini aniqlash uchun nivelir bilan ishlatiladigan moslama; toʻgʻri toʻrtburchak yoki dvutavr kesimli, 3–4 m uzunlikdagi yogʻoch taxtacha. Oʻngi (yuzi)da yoki ikkala tomonida shashkasimon yoki shtrix shkalali boʻladi; v) optikmexanik masofa oʻlchagich (dalnomer) bilan masofani oʻlchashda oʻzgaruvchan va oʻzgarmas bazis sifatida ishlatiladigan geodezik asbob; 3) suvokchilikda, yer oʻlchashda ishlatiladigan moslama (qarang Gazchoʻp).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil