Reyn midiyalari
Reyn midiyalari (nemischa: Muscheln rheinische Art ) nemis oshxonasining klassik taomi. Taomning asosiy ingredientlari — Reyn deltasi yaqinidagi Shimoliy dengizdan midiyalar hamda Oʻrta va Yuqori Reynda keltirilgan oq musallas.Daryo transporti yaxshi rivojlangani tufayli bu mahsulotlarni topish qiyinchilik tugʻdirmagan.Midiyalar 20-asr boshlariga qadar Germaniyada kambagʻallarning taomi hisoblanar edi, urushdan keyingi davrda midiyalar qoʻylar, sigirlar boqilgan dengiz qirgʻogʻidan ovlangan. Bu davrda Shimoliy Reyn-Vestfaliyaga tez-tez yuborilgani uchun ham oziq-ovqat tanqisligi kamroq sezilgan. Shu tariqa midiyalar Reyn-Rur mintaqasida mashhur taomga aylangan[1].
Reyn uslubida midiya tayyorlash uchun piyoz, sabzi va seldereylar kub yoki somon shaklida toʻgʻraladi, qizib turgan sariyogʻda qovuriladi va koʻp miqdorda oq sharobda, yaxshisi quruq Rieslingda dimlanadi. Taʼbga koʻra tuz, qora murch dafna yaprogʻi, qalampirmunchoq va sarimsoq piyoz solinadi. Yuvilgan tirik midiya tayyor boʻlgan bulonga solinadi va qobigʻi ochilguncha dimlanadi. Germaniyaning shimolida Reyn uslubidagi midiya pivo, bulon yoki oddiy suv bilan ham tayyorlanadi[2].
Reyn uslubidagi midiyalar anʼanaviy ravishda chuqur likoplarda, idishda yoki ogʻirligi deyarli bir kilogramm boʻlgan qopqoqli tuvaklar sabzavotli shoʻrvasida solib dasturxonga tortiladi[3]. Qora non va sariyogʻ bilan isteʼmol qilinadi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ Die Welt: Uteshenie midiyami(olm.)
- ↑ lieferando.de: Midii po-reynski(olm.)
- ↑ Die Welt: Opyat xochetsya midiy(olm.)
- ↑ rewe.de: Midii po-reynski (Wayback Machine saytida 2021-05-11 sanasida arxivlangan)(olm.)
- ↑ koelnreporter.de: Reynskie midii(olm.)
Adabiyotlar
tahrir- Tom Dieck: Pottkieker. 50 klassische norddeutsche Gerichte mit Geschichte. Koehler, Gamburg 2013, ISBN 978-3-7822-1079-9, S. 40-41.