Rezavor meva (botanika)
Botanikada rezavor meva – bu bitta guldonda bitta tuxumdonni oʻz ichiga olgan guldan hosil boʻladigan urugʻsiz (yadro) mevadir. Ushbu taʼrifga koʻra rezavorlar tarkibiga uzum, smorodina va pomidor kiradi, shuningdek, bodring, baqlajon (baklajan), xurmo va bananlar ham kiradi. Rezavor meva guldon devorining tashqi qatlami toʻliq yetilib, yeyish mumkin boʻlgan „perikarp“ holatga aylanadigan eng keng tarqalgan meva turidir. Rezavor mevalar oddiy yoki murakkab tuxumdonli bitta guldan hosil boʻladi. Urugʻlar odatda tuxumdonning etli qismida joylashgan boʻladi, ammo ayrim istisnolar ham bor. Misol uchun, Capsicum turkumidagi oʻsimliklar urugʻlari atrofida et emas, balki havo bilan oʻralgan boʻladi.
Koʻplab rezavor mevalar yeyishga yaroqli, biroq kartoshka va zaharli ituzumning mevalari kabi mevalar odamlar uchun zaharli hisoblanadi.
Rezavor meva beradigan oʻsimliklar „bacciferous“ yoki „baccate“ (lotincha bacca soʻzidan) deb ataladi.
Kundalik ingliz tilida „berry“ (rezavor) kichik yeyiladigan har qanday meva degan maʼnoni anglatadi. Rezavorlar odatda suvli, yumaloq, yorqin rangli, shirin yoki nordon boʻladi va yadro yoki urugʻ tarkibiga ega boʻlmaydi. Ammo koʻpincha rezavor mevalarda mayda urugʻlar ham boʻlishi mumkin[1].
Botanik rezavor mevalar
tahrirBotanik tilda rezavor meva bu urugʻlar va etli pulpa(perikarp)dan iborat boʻlgan oddiy meva boʻlib, u bitta gulning tuxumdonidan hosil boʻladi. Ushbu mevalarning tuxumdoni mevaning yuqori yoki pastki qismida joylashgan boʻlishi mumkin. Rezavor „indehiscent“ boʻlib, pishganda urugʻlarni chiqarish uchun yorilib ketadigan maxsus „zaiflik chizigʻi“ga ega boʻlmaydi[2]. Perikarp uchta qavatga boʻlinadi. Tashqi qavat „ekzokarp“ yoki „epikarp“ deb ataladi; oʻrta qavati „mezokarp“ yoki „sarkokarp“; ichki qavat esa „endokarp“ deb ataladi. Botaniklar bu atamalarni haligacha bir xilda qoʻllamagan. Ekzokarp va endokarp koʻpincha bir qavatli „teri“ga nisbatan ishlatilinadi baʼzida unga yaqin joylashgan toʻqimalarni ham anglatadi. Ushbu atamalardan foydalanishdagi nomuvofiqlik „tushunmovchilik manbai“ sifatida taʼriflanadi[3].
Endokarp tabiati rezavorni drupe (toshli meva) dan farqlaydi, chunki drupeda qattiqlashgan yoki toshli endokarp mavjud. Endokarp holatiga qarab ikki turdagi mevalar bir-biriga oʻxshab ketadi. Baʼzi manbalar farqni miqdoriy jihatdan aniqlashga harakat qiladi, masalan, rezavorda endokarp qalinligi 2 mm dan kam boʻlishi talab qilinadi[4].
Iqtisodiyot
tahrirBaʼzi mintaqalarda, meva-terim iqtisodiyotning muhim qismi hisoblanadi. Shvetsiya va Finlyandiya kabi Gʻarbiy Yevropa davlatlarida Tailand yoki Bolgariyadan kelgan arzon ishchi kuchi sababli rezavorlar terimi kengayib bormoqda[5][6] . Soʻnggi yillarda bu amaliyot kam maosh va „meva-terimchilar“ning yomon yashash sharoitlari, shuningdek, ishchilar xavfsizligining yetarli emasligi sababli tanqid ostida qolmoqda[5].
2010-yillar oxirida AQShda Meksikadan mehnat migratsiyasi kamayishi va minimal ish haqi meʼyorlarining oshishi qulupnay hosilini terish uchun ishchilarni topishni qiyin va qimmat qilib qoʻygan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Berry“. Merriam-Webster (2024-yil 21-yanvar).
- ↑ Kiger, Robert W.; Porter, Duncan M. „Find term 'berry'“. Categorical Glossary for the Flora of North America Project (2001). Qaraldi: 2015-yil 14-avgust.
- ↑ Pabón-Mora & Litt (2011), s. 1417.
- ↑ Beentje, Henk; Williamson, Juliet. The Kew Plant Glossary: an Illustrated Dictionary of Plant Terms. Royal Botanic Gardens, Kew: Kew Publishing, 2010. ISBN 978-1-84246-422-9.
- ↑ 5,0 5,1 „Berrypickers, unite!“. Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Teivainen, Aleksi „Record number of Thai berry pickers to arrive in Finland“. helsinkitimes.fi (2015-yil 23-iyun). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Goodyear, Dana (August 14, 2017). „How Driscoll's Reinvented the Strawberry“. The New Yorker. Qaraldi: 13 December 2020. „With a sharp decline in migration from Mexico and Central America, the primary sources of agricultural labor for half a century, "stoop work"—jobs requiring harvesters to crouch doubled over for hours a day—has become difficult to hire for. Nearly every farm I passed in Watsonville, in May and June, had a sign by the road saying Se Solicitan Piscadores. At the same time, changing minimum-wage and overtime laws have made labor more expensive.“