Rezeda (Reseda), oromgul — rezedadoshlar oilasiga mansub bir, ikki, baʼzan koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Oʻrta Osiyoda dalalar va toshloq yerlarda oʻsadi. Oq gulli xushboʻy R. bogʻlarda oʻstiriladi. R.ning baʼzi turlari (Mas, sariq R.) tarkibida sariq boʻyoq modda bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil