Rezervat
oʻz tartibiga koʻra, buyurtma qoʻriqxonaga yaqin boʻlgan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud
Rezervat (lotincha: rezervatus — saqlangan) — oʻz tartibiga koʻra, buyurtma qoʻriqxonaga yaqin boʻlgan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud. R.da tabiiy kompleks elementlardan biri muhofaza qilinadigan asosiy obyekt boʻladi. R.da ovlanadigan sut emizuvchilar, qushlar yoki baliklar, hayvonlar yoki oʻsimliklarning noyob turlari muhofaza qilinishi mumkin. R.da koʻpaygan hayvonlar va oʻsimliklar boshqa hududlarga tabiiy yoʻl bilan tarqaladi yoki ular iqlimlashtiriladi va introduksiya qilinadi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda R. termini, asosan, chet ellardagi muhofaza qilinadigan hududlarga nisbatan qoʻllanadi. Baʼzi qoʻriqxona va buyurtma qoʻriqxonalar ham R. deyiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |