Rezonator (lotincha: resonare — akssado bermoq) — rezonans hodisasi sodir boʻladigan tebranma tizim. R.ga tashqi oʻzgaruvchan kuch taʼsir etganda unda majburiy tebranishlar hosil boʻladi. R.ning akustik, elektromagnit va boshqa xillarimavjud. Oddiy akustik R. — tor, kamerton, membrana va boshqa Oddiy elektromagnit R. tebranish konturidir. Oʻta yuksak chastota (109— 10" Gs) diapazonida berk (hajmiy) R.lar, millimetrli, submillimetrli va optik radiotoʻlqinlar diapazonida ochiq R.lar ishlatiladi. Koʻzgular tizimidan iborat R. optik, kristall plastinkalardan iborat R. kvars R. deb ataladi. R. musiqa asboblarida, kup texnik qurilmalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil