Rhiannon Clements

britaniyalik aktrisa

Rhiannon Grace Clements[2] (1-dekabr, 1994-yil, Blackburnda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U Live and Recorded Arts akademiyasida oʻqiyotganda teatr spektakllarida rol oʻynay boshlaydi va 2019-yilda Spotlight mukofotida "Eng yaxshi sahna aktrisasi" nominatsiyasiga sazovor boʻladi.

Rhiannon Clements
Tavalludi
Rhiannon Grace Clements

1-dekabr 1994-yil (1994-12-01) (29 yosh)[1]
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2018-hozirgacha

Aktrisa, keyinchalik, 2020-yildan 2021-yilgacha Channel 4da efirga uzatilgan Hollyoaks serialida Summer Ranger rolini ijro etgan. Ushbu roli uchun Clements 26-National Television Awards mukofotlarida "Newcomer" (Debyutini nishonlagan aktrisa/aktyor) nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, u 2021-yilgi Inside Soap mukofotlarida uchta nominatsiyani qoʻlga kiritgan.

Yoshligi tahrir

Clements Angliyaning Blackburn shahrida tugʻilgan. Uning soʻzlariga koʻra, shahar hamma bilan doʻstona munosabatda boʻlgani uchun uning qalbida „alohida oʻrin“ga egadir[3]. U chap qoʻl kaltaligi kasalligi bilan tugʻilgan[4]. Nogironligi sababli, Rhiannon ekranda nogironlar vakilligi yoʻqligi sababli koʻngilochar industriyada martaba bilan shugʻullana olmasligiga ishonib oʻsgan.

Toʻrt yoshida Clements oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish uchun onasi tomonidan raqs darslariga yoziladi, lekin, u raqs unga toʻgʻri kelmasligini his qiladi va buning oʻrniga oʻzini yoshlar teatri kurslariga yozdiradi[5]. Aktrisa Clitheroe shahridagi Ribblesdale oʻrta maktabida tahsil olgan, keyinchalik, Darven Aldridge Jamoat Akademiyasida va ALRA Northda tahsilni davom ettiradi. U yerda Rhiannon aktyorlik yoʻnalishida oʻqigan[3].

Faoliyati tahrir

2018-yilda Clements The Tempest spektaklida professional sahnadagi debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik, u boshqa turli sahna spektakllarida, jumladan, Alisa moʻjizalar mamlakatida, Wuthering Heights va The Glass Menagerie kabi pyessa va filmlarda rol oʻynaydi[6]. 2019-yilda u Spotlight mukofotida eng yaxshi sahna aktyori nominatsiyasida taqdirlanadi.

Hakamlardan biri Clementsning chiqishlarini tantanali marosimdagi ajoyib harakat sifatida taʼkidlab, tomoshabinlar bilan yaxshi bogʻlanganligini taʼkidlaydi[7]. 2019-yilda Manchesterga ko‘chib o‘tgandan so‘ng turli rollar uchun tinglovdan oʻtadi va Clements BBCDoctor Who serialining ikki epizodida Bescot rolini o‘ynagan[3]. 2020-yilda aktrisa Cormacning (James Gaddas) otasi Summer Ranger rolida Hollyoaksning CHannel 4 seriali aktyorlari tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilinadi.

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2020 Doctor Who Bescot Epizod: „Ascension of the Cybermen“ and „The Timeless Children“
2020 The Other One Melanie Takroriy rol
2020-2021 Hollyoaks Summer Ranger Muntazam serial
2021 Hollyoaks: IRL Oʻzi 1ta epizod
2022 Death on the Nile Mehmonxona maʼmuri Film
2022 Big Boys Mad Debs Takroriy rol

Sahnalarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Sahna Havl
2018 The Tempest Prospero ALRA North [6]
2018 Alice in Wonderland Alice ALRA North [8]
2019 The Merchant of Venice Salarina Stafford Gatehouse Theatre [9]
2020 Wuthering Heights Isabella Linton / Frances Earnshaw Royal Exchange Theatre [10]
2020 The Glass Menagerie Laura Wingfield Royal Exchange Theatre [11]

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Marosim Turkum Natija Havl.
2019 Spotlight Prize Best Stage Actor Gʻolib [7]
2021 26th National Television Awards Newcomer Nominatsiya [12]
2021 Inside Soap Awards Best Newcomer Nominatsiya [13]
2021 Inside Soap Awards Best Partnership
Nominatsiya [13]
2021 Inside Soap Awards Best Villain Nominatsiya [13]
2022 The British Soap Awards Villain of the Year Nominatsiya [14]

Manbalar tahrir

  1. Clements, Rhiannon „Twenty bloody seven Thank you so much for the birthday love and wishes, I've had the best day filled with wonderful things (mostly scran) My 26th year has been a blast, I've learnt loads, grown a lot, met ace people, had opportunities beyond anything I thought poss, felt love and support in shedloads and had a lorra fun, and I've had to sort my shit out and reset things in more ways than I can think. Feeling ready to take on this next year making this lil bean proud of the 'bad gal fully grown/functioning/but still a state/but having a ball' adult she is! Pass me the silver velour- Thankyou Thankyou Thankyou!!!!“. Instagram (2021-yil 1-dekabr). 2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  2. „Rhiannon Grace Clements“. genesreunited. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Nadeem, Alima. „Blackburn-born Hollyoaks star nominated at National Television Awards“. Lancashire Telegraph (2021-yil 2-iyun). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  4. Fogarty, Paul. „Rhiannon Clements As Summer: Hollyoaks Fans Praise Portrayal Of Arm Disability“. HITC. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  5. Fitzpatrick, Katie. „Meet the Hollyoaks star breaking down barriers for disability by playing a sexy soap villain“. Manchester Evening News. (Reach plc) (2021-yil 10-iyul). 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 „Rhiannon Clements“. JAG. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 Masso, Giverny. „ALRA North student Rhiannon Clements wins 2019 Spotlight Prize for best stage actor“. The Stage (2019-yil 18-iyul). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  8. „Alice in Wonderland“. Academy of Live and Recorded Arts. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  9. Sayce, Rebecca. „Cast announced for Stafford Festival Shakespeare's The Merchant of Venice“. Express & Star (2019-yil 11-iyun). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  10. Rucki, Alexandra. „Review: Wuthering Heights at Royal Exchange Theatre, Manchester“. Manchester Evening News. (Reach plc) (2020-yil 13-fevral). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  11. Wood, Alex. „The Glass Menagerie at Manchester's Royal Exchange casting announced“. WhatsOnStage (2020-yil 20-fevral). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  12. McGee, Sarah. „Blackburn-born Hollyoaks star reacts to NTA nomination“. Lancashire Telegraph (2021-yil 25-avgust). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  13. 13,0 13,1 13,2 Alexander, Susannah. Inside Soap Awards announces 2021 longlist as voting opens – here's who's up for prizes“. Digital Spy. (Hearst Magazines UK) (2021-yil 28-sentyabr). 2021-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.
  14. Warner, Sam. „British Soap Awards 2022 announces full nominations shortlist“. Digital Spy. (Hearst Communications) (2022-yil 10-may). Qaraldi: 2022-yil 11-may.

Havolalar tahrir