Richard Adolf Zsigmondy
Richard Adolf Zsigmondy (1865.1.4, Vena — 1929.23.9, Gyottingen) — avstriyalik fizikkimyogar. Gyottingen universiteti organik va kolloid kimyo kafedrasi professor (1903—07), Gyottingen universiteti Anorganik kimyo instituti direktori (1908—29). Immersion ultramikroskopni ixtiro qilgan (1913), kolloid eritmalarning mikrogeterogen tabiatini aniqlagan. Adsorbent gʻovaklarida suv bugʻi kapillyar kondensatsiyasi nazariyasini olgʻa surgan (1911). Yorugʻlik nuri analizatori, membranali (1918) va oʻta mayda filtrlar (1922) ixtiro qilgan. Boʻyagichlar va rangli shishalar olish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1925).[1]

Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |