Richard Corfield
Richard Conyngham Corfield (1882-yili 27-apreldan 1913-yili 9-avgust oraligʻida yashab oʻtgan) – XX asr boshlarida Janubiy Afrika, Nigeriya, Hindiston, Keniya va Somalida xizmat koʻrsatgan ingliz politsiya zobiti. Uning Daraviish Ibraahin Xoorane va Axmed Aarey qoʻlida oʻlim topganligi Annagoo Taleex naal sheʼrida tasvirlangan.
Yoshligi
tahrirRichard Corfield 1882-yil 27-aprelda Derbyshire shtatining Heanor shahrida tugʻilgan. Corfield otasi vafot etgan paytda atigi olti yoshda boʻlgan. U birinchi marta qizlar maktabida oʻqigan. 1892-yili Spurlings tayyorgarlik maktabida oʻqigandan soʻng, 1896-yilda Marlboro kolledjiga oʻqishga kiradi.
Karyerasi
tahrirCorfield maktabni tamomlagandan soʻng, amakisi Thomas Fenwick Harrison boshqaradigan Liverpul T. & J. Harrison liniyasida yuk tashish kompaniyasida ishlaydi. Ish boshlaganidan koʻp oʻtmay, Janubiy Afrikada ingliz-bur urushi boshlangan. Corfield darhol Solsberi tekisligidagi koʻngillilar safiga qoʻshiladi. Lekin, 1900-yili dekabr oyida Afrikaga borib, Baden Powell politsiyasiga ishga kiradi. 1902-yili iyun oyida uni komissiyaga taklif qilishgan, ammo yoshligi sababli taklifni rad etadi.
1910-yili may oyida Corfield yana Angliyaga qaytib keladi, ammo sentyabrda Nigeriya tomon yoʻl oladi. U yerda inglizlar mamlakatning shimoliy qismida joylashgan musulmonlar bilan toʻqnashuv harakatlarining guvohi boʻlgan.
Britaniya Somalilandida navbatdagi muammolar ham paydo boʻlib, ichki ishlarda politsiya boʻlib ishlash uchun Somaliland tuya konstabuliyasi tashkil etilgan.
Somalilandga qaytishi
tahrir1912-yil dekabr oyida Tuya konstabuliyasi xalq orasiga chiqib, Corfield Britaniya boshqaruviga qarshi boʻlganlarni jazolash huquqiga ega boʻladi. Biroq, unga Mohammed Abdullah Hassan bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qarama-qarshilikdan qochish buyuriladi[1]. Corfield 1913-yilning oʻrtalariga kelib, bu koʻrsatmalarga amal qilmasdan, 1913-yilning 8-avgustida tushdan keyin Dul Madoba yaqinidagi darvesh qoʻshiniga hujum qilishga qaror qiladi[1].
Dul Madoba tizmasi oʻsha paytda Britaniya Somalilandi hududidagi Buraodan janubi-sharqda taxminan 25 milya (40 km) uzoqlikda joylashgan edi. Jang 1913-yili 9-avgustda Somaliland tuya konstabuliyasining umumiy 110 aʼzosi bilan 2750 ga yaqin yaxshi qurollanganlar oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Jangda 21 kishi yaralanadi, 36 kishi halok boʻlib, shular ichida Richard Corfield ham bor edi.
Oʻlimi
tahrirRichard Corfield Dul Madoba jangining Darawiish faxriylaridan biri boʻlgan Ibraahin Xoorane (inglizcha: Ibrahim Hoorane </link>) tomonidan oʻldiriladi[2].
Manbalar
tahrir- Bartholet, Jeffrey (12 October 2009). „It's a Mad, Mad, Mad, Mad World“. Newsweek. 43–47-bet — ).
- Battersby, H. F. Prevost. Richard Corfield of Somaliland. London: Edward Arnold, 1914. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
Havolalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Corfield, Justin J. The Corfields: A history of the Corfields from 1180 to the present day. ISBN 0-646-14333-6. Corfield, Justin J. The Corfields: A history of the Corfields from 1180 to the present day. ISBN 0-646-14333-6.
- ↑ Xasan, Sayid Maxamad Cabdille. Taariikhdii daraawiishta iyo, 2005 — 275-bet.