Richard Lovelace
Richard Lovelace (inglizcha: Richard Lovelace; 9-dekabr 1617-yil[2], Vulvich – 1657, London) – ingliz shoiri. „Kavaler shoirlar“ poetik maktabining vakili. Angliya fuqarolar urushi ishtirokchisi.
Richard Lovelace | |
---|---|
Tavalludi | 1617-yil 9-dekabr |
Vafoti | 1658-yil |
Fuqaroligi | Kingdom of England[1] |
Kasbi | Shoir, yozuvchi |
Otasi | Sir William Lovelace, of Woolwich |
Onasi | Anne Barne |
Biografiyasi
tahrirLovelace nufuzli Kentish oilasida tugʻilgan. Uning otasi urush paytida Ispaniyada Grunlo qamalida (1627) oʻldirilgan yirik yer egasi boʻlgan. Richard Lovelacening amakisi Frensis Lovelace Nyu-York provinsiyasining ikkinchi gubernatori boʻlgan.
Shoir Charterhouse maktabi va Oksford universitetida tahsil olgan. Talabalik yillarida Lovelace mashhur „Shkolyar“ komediyasini yozgan. Richard oʻqishni tugatgandan soʻng „chiroyli xulq-atvori bilan juda xushmuomala va kelishgan yigit“ sifatida taassurot qoldirgan bir saroy xonimining iltimosiga binoan sanʼat magistri unvonini olgan. Keyinchalik u Londonda yoki Kentda yashagan. Oddiy askar sifatida 1639-1640-yillardagi Shotlandiya yurishlarida ham qatnashgan[3].
Lovelace 1642-yilda Kent ritsarlari tomonidan Jamoatlar palatasiga vakil sifatida saylangan[4].
Richard Karl I ning sodiq tarafdori boʻlib, parlamentga qirolning taxtga qayta tiklanishi toʻgʻrisida ariza topshirgan, biroq uning arizasi qoralangan va uning oʻzi Vestminsterdagi Geytxaus qamoqxonasiga qamalgan. Shoir qamoqxonada oʻzining eng mashhur sheʼrlaridan biri „Do Altei“ ni yozgan.
Lovelace 1646-yilda yollanma askar sifatida Fransiyaga joʻnab ketgan va u yerda ispanlarga qarshi Dyunkerk jangida yaralangan[5].
kki yil oʻtgach Angliyaga qaytib kelgan va yana hibsga olingan. Ammo shoir 1649-yilda oʻzining „Lucasta“, „Epodes“, „Odes“, „Sonnets“, „Songs“ kabi sheʼrlar toʻplamini nashr etishga muvaffaq boʻlgan[6].
Richard Lovelace oʻz boyligini qirolga yordam berish va qirol qoʻshinini qoʻllab-quvvatlash uchun sarflab, butunlay qashshoqlikda vafot etgan yoki sil kasalligidan olamdan oʻtgan boʻlishi mumkin. Uning oʻlimining aniq sanasi maʼlum emas.
Lovelace barcha ingliz antologiyalariga kiritilgan ikkita nafis va ohangdor „K Althea, iz Tyurme“ va „K Lyukaste, uxodya na Voynu“ sheʼrlari muallifi sifatida esga olinadi.
Shoirning ikkita pyesasi (ikkinchisi „The Soldier“ deb nomlangan) yoʻqolgan va hozircha nomaʼlum. Richardning vafotidan soʻng, 1660-yilda uning sheʼrlar toʻplami nashr etilgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ Robertson, Florance Alice Loveless Keeney. The Lovelace-Loveless and allied families, Allen County Public Library Genealogy Center, [Culver City, Calif.] : [Murray & Gee], 1952 — viii–ix-bet.
- ↑ Weidhorn, Manfred. Richard Lovelace. New York: Twayne Publishers, Inc., 1970
- ↑ Dictionary of Literary Biography, Volume 131: Seventeenth-Century British Nondramatic Poets, Third Series. A Bruccoli Clark Layman Book. Edited by M. Thomas Hester, North Carolina State University. The Gale Group, 1993. pp. 123–133
- ↑ Letters from Constantijn Huygens. Letter 3816. London, October 1644.
- ↑ Virginia Historical Society. The Virginia Magazine of History and biography. Virginia Historical Society., 1921 — 1–227-bet. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
- ↑ ; Burke, B.A Genealogical and Heraldic History of the Extinct and Dormant Baronetcies of England, Ireland and Scotland. J. R. Smith, 1844 — 468-bet. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.