Rico Antonio Henry (1997-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premer Liganing Brentford jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U Walsall akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, Angliyaning U19 va U20 terma jamoalarida oʻynagan.

Rico Henry
Henry Walsall jamoasi safida, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rico Antonio Henry[1]
Tavallud sanasi 8-iyul 1997-yil (1997-07-08) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Birmingham, Angliya
Boʻyi 5 feet 7 inches (1.70 m)[3]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cadbury Athletic
0000-2014 Walsall
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Walsall 46 (2)
2016- Brentford 145 (5)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Angliya U19 4 (0)
2017 Angliya U20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Walsall tahrir

Henry 11 yoshida Walsall jamoasiga qoʻshiladi va 14 yoshida markaziy yarim himoyachi pozitsiyasidan chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga oʻtadi[5]. U 2013-yil iyul oyida „Leeds United“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoa safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi[6]. Bir yil oʻtgach, u klubning yoshlar jamoasida ajoyib taassurot qoldirganidan keyin oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolaydi[7]. Henry 2014-yilning sentyabr va oktyabr oylarida birinchi Liganing ikkita oʻyinida asosiy tarkibdan joy oladi[8]. Trophy ligasi yarim finalida Tranmer Rovers jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi va uning jamoasi gʻalaba qozonadi[9]. Henry 2014—2015-yilgi mavsumda yana sakkizta oʻyinda maydonga tushadi[10]. U 2015-yilning aprel oyida shartnomasini yana ikki yilga uzaytiradi va Walsallda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi[11][12].

Henry 2015-16-yilgi mavsumda koʻplab oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushadi[13]. U ushbu muvaffaqiyatli mavsumda jami 44 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol uradi va jamoasi bilan yangi uch yillik shartnoma imzolaydi[13][14]. 2015-yilning sentyabr oyida Futbol Ligasi oyining eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritadi[15].

Henry 2016-17-yilgi mavsum boshida uchta oʻyinda maydonga tushadi[16][13]. 2016-yilning 13-avgustida „Oldham Athletic“ jamoasi qarshi kechgan uchrashuvning 30-daqiqasida Henryning yelkasi yana chiqib ketadi va maydonni tark etadi[10]. Ushbu oʻyin Henry uchun oxirgisi boʻladi va 31-avgust kuni jamoasini rasman tark etadi[17]. U klub safida jami 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan edi.

Brentford tahrir

2016-yil 31-avgustda Henry Chempionship klubi Brentford bilan 1,5 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzolaydi[18]. U 8-sentabr kuni chiqib ketgan yelkasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va 2017-yilning 21-fevralida jismoniy holatiga qaytganidan soʻng[19] birinchi marta Sheffield Wednesdayga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[20].

Henry 2017—2018-yilgi mavsum boshida formasini tiklab tarkibga qaytadi[21]. Biroq 2017-yil 30-sentyabrida „Middlesbrough“ga qarshi oʻyinda xochsimon bogʻlamidan jarohat olib, maydonni tark etadi va Henry uchun mavsum muddatidan oldin oʻz yakuniga yetadi[5][22]. U 2018-yil oktyabr oyida toʻliq mashgʻulotlarga qaytadi va 24-noyabrda[23] u deyarli 14 oy davomidagi oʻzining birinchi oʻyinini yana „Middlesbrough“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi[24]. U klub safidagi birinchi golini 2019-yil 12-yanvar kuni Stoke Cityga qarshi oʻyinda uradi va yanvar oyi davomidagi oʻyinlari uchun oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzod sifatida koʻrsatiladi[25]. Fevral oyida oyogʻidan olgan jarohati tufayli mavsumning ikki oyini oʻtkazib yuboradi[24][26].


Henry 2021—2022-yilgi Premer liga mavsumini asosiy tarkib chap qanot himoyachisi sifatida boshlaydi va 2021-yilning noyabr oyida ketma-ket liga oʻyinlarida gol uradi[27]. 2022-yil mart oyida Henry yana ushbu jamoa bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi va 2021—2022-yilgi mavsumda jami 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol uradi[27][28].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilning 10-noyabrida Henry Gollandiya va Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Angliya U19 terma jamoasi tomonidan ilk chaqiruvini oladi[29][30]. Henry Angliyaning 2017-yilgi Four Nations turniri uchun U20 terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritiladi va „Young Lions“ musobaqasida gʻalaba qozongani uchun uchta oʻyinning barchasida maydonga tushadi[31]. Henry 2017-yilgi U20 Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan edi. Biroq jarohati tufayli ushbu musobaqada qatnasha olmaydi[32].

Shaxsiy hayoti tahrir

Henry Gʻarbiy Midlend shtatining Birmingem shahrida tugʻilgan[33][34]. U Angliyaning St George cherkovi boshlangʻich maktabida va Birmingemdagi Lordswood oʻgʻil bolalar maktabida tahsil olgan[35].

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Walsall 2014-15[9] Birinchi liga 9 0 0 0 0 0 1 0 10 0
2015-16[13] Birinchi liga 35 2 4 0 3 1 2 0 44 3
2016-17[20] Birinchi liga 2 0 1 0 0 0 3 0
Jami 46 2 4 0 4 1 3 0 57 3
Brentford 2016-17[20] Championship 12 0 0 0 12 0
2017-18[21] Championship 8 0 0 0 0 0 8 0
2018-19[24] Championship 14 1 2 0 0 0 16 1
2019-20[36] Championship 46 0 1 0 1 0 3 0 51 0
2020-21[37] Championship 30 1 0 0 4 0 1 0 35 1
2021-22[27] Premer liga 34 3 1 0 2 0 37 3
2022-23[38] Premer liga 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 145 5 4 0 7 0 4 0 160 5
Faoliyatida jami 191 7 8 0 11 1 7 0 217 8

Yutuqlari tahrir

Angliya U20

  • Four Nations turniri: 2017[31]

Individual

  • PFA chempionatining eng yaxshi jamoasi : 2020-2021[39]
  • PFA Ligasida yilning eng yaxshi jamoasi: 2015-2016[16]
  • Futbol ligasida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2015-yil sentyabr[15]
  • Walsallda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-2015[12]

Manbalar tahrir

  1. „Rico Antonio Henry“ (fransuzcha). L'Union. Rossel La Voix. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  2. „Rico Henry“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  3. „Rico Henry“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  4. Andoza:Hugman
  5. 5,0 5,1 Weinfuss. „Henry's long, painful road to the Premier League reflected in Brentford's promotion journey“ (inglizcha). ESPN (9-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  6. Brett. „Get to know: Rico Henry“. Brentford F.C. (31-avgust 2016-yil). 27-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  7. „PRO DEAL FOR TALENTED YOUNGSTER“. Walsall F.C. (30-iyul 2014-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2014-yil.
  8. „Rico Henry Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  9. 9,0 9,1 „Games played by Rico Henry in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  10. 10,0 10,1 „Rico Henry's Walsall injury fate to be revealed today“. Express & Star. 13-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  11. Poole. „NEW DEAL FOR RISING STAR“. Walsall F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  12. 12,0 12,1 Poole. „HOORAY FOR HENRY“. Walsall F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 „Games played by Rico Henry in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  14. Briggs. „Rico Henry“. Walsall F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  15. 15,0 15,1 Briggs. „Rico Henry – Football League Young Player of the Month“. Walsall F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  16. 16,0 16,1 „PFA awards: Leicester and Spurs dominate Premier League team“. BBC Sport (21-aprel 2016-yil). Qaraldi: 7-may 2018-yil.
  17. Moon. „CLUB STATEMENT: RICO HENRY“. Walsall F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  18. „Brentford sign England Youth International Rico Henry from Walsall on a five-year contract“. Brentford F.C.. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil. [sayt ishlamaydi]
  19. „Brentford defender Rico Henry undergoes shoulder surgery“. Brentford F.C.. 28-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  20. 20,0 20,1 20,2 „Games played by Rico Henry in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  21. 21,0 21,1 „Games played by Rico Henry in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  22. „Brentford FC Rico Henry undergoes surgery on knee injury“. Brentford F.C.. 27-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  23. „Head of Medical Neil Greig provides an injury update“. Brentford F.C.. 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2018-yil.
  24. 24,0 24,1 24,2 „Games played by Rico Henry in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  25. „Benrahma and Henry nominated for PFA Player of the Month“. Brentford F.C.. Qaraldi: 5-fevral 2019-yil.
  26. „We could have taken all three points“. Brentford F.C.. Qaraldi: 7-aprel 2019-yil.
  27. 27,0 27,1 27,2 „Games played by Rico Henry in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  28. „Rico Henry signs new contract“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
  29. „Walsall's Rico Henry called up to England under-19 squad“. Express & Star. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  30. „England Matches – Under-19's 2010–20“. England Football Online. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  31. 31,0 31,1 Brett. „Brentford defender Rico Henry plays as England win Four Nations Tournament“. Brentford F.C.. 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  32. „Brentford FC Rico Henry withdrawn from England U20s with injury“. Brentford F.C.. 13-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2017-yil.
  33. Marshall. „Rico Henry: Mr. Consistent“ (en-gb). www.brentfordfc.com. 20-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2021-yil.
  34. „Rico Henry: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  35. Clarke. „Schoolboy Rico Henry has the world at his feet“ (inglizcha). BirminghamLive (2-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 31-may 2021-yil. [sayt ishlamaydi]
  36. „Games played by Rico Henry in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
  37. „Games played by Rico Henry in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  38. „Games played by Rico Henry in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  39. „Bees trio voted into PFA Team of the Year“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.