Riflar (dengiz)
Riflar — sayoz joylarda dengiz tubining suv ostidagi yoki suv yuzasidan koʻtarilib turgan balandliklari. Dengiz tubidagi qoyalar yoki qirgʻoqlarning yemirilishidan, marjon qurilmalaridan, ohakli suvoʻtlar qoldiqlaridan hosil boʻladi. R., asosan, ekvatorial va tropik dengizlarda, suv temperaturasi 20° dan yuqori boʻlgan, kuchli toʻlqinlar boʻlmaydigan hududlarda tarqalgan. Toʻsiq P., qirgʻoq P., halqasimon P. (atollar) ajratiladi. Avstraliyaning shim.sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi uz. 200 km li Katta Toʻsiq rifi eng katta rifdir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |