Rio-kolorado (ispancha: Río Colorado— qizil daryo) — Argentinadagi daryo. Uz. 1200 km dan ziyod, havzasining maydoni 350 ming km². And togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanuvchi RioGrande va Barrankas daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Patagonianing shim. qismidagi chuqur qurgʻoqchil vodiyni kesib oʻtib, Atlantika okeanining ElRinkon qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 140 m³/sek., bahor oylarida toshadi. Quyilish yeridan boshlab 320 km masofada kema qatnaydi.[1]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil