Rio negro (ispancha: Río Negro — qora daryo) — Argentinadagi daryo, Patagoniyaning shim. qismida. And togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanuvchi Neuken va Limay daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi Neuken irmogʻi boshlangan joyidan 1300 km, havzasining maydoni 146 ming km². Patagoniyaning qurgʻoqchil tekisliklaridan oqib oʻtib, Atlantika okeaniga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m³/sek. Yoz boshlarida toshadi. Ayrim qismlarida kema katnaydi. GES, suv omborlari qurilgan.[1]

Rio negro
Tavsif
Uzunligi 635
Suv sarfi 1 014 m³/s
Joylashuvi
Davlat Argentina
Rio-negro

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil