Rioni
Gruziyadagi Daryo
Rioni (gruzincha: რიონი) — Gruziyadagi daryo. Uzunligi 327 km, havzasining maydoni 13400 km². Katta Kavkazning Bosh yoki Suvayirgʻich tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Kutaisi shahrigacha togʻlar orasidan okib, soʻng Kolxida pasttekisligiga chiqadi. Qora dengizga quyilish joyida delta hosil qiladi. Kor va muzlikdan, quyi okimida yomgʻirdan suv oladi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 405 m³/sek. Daryoga Rioni, Gumat GESlari qurilgan. Rioni vodiysining bosh qismidan Osetiya harbiy yoʻli oʻtgan. Rioni boʻyida Oni, Kutaisi, Poti shaharlari joylashgan.[1]
Rioni | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 327 |
Suv sarfi | 405 m³/s |
Davlat | Gurjiston |
Rioni |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |