Rizqulloh ibn Muhammad Quboiy
Rizqulloh ibn Muhammad Quboiy(arabcha:رزق الله بن محمد قبي — Rizqulloh ibn Muhammad Quboiy — Toʻliq ismi:Abulmakorim Rizqulloh ibn Muhammad ibn Abulhasan ibn Umar Quboiy) — adib.
Rizqulloh ibn Muhammad Quboiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib |
Hayoti tahrir
U Fargʻonaning Qubo nohiyasida tavallud topgan boʻlib, allomaning solih adib boʻlganligi haqidagi maʼlumot bor, xolos. Samʼoniy u bilan hamzamon va qolaversa u bilan bevosita hamsuhbat boʻlganligi haqida xabar bersada, afsuski, u haqda boshqa maʼlumotlar keltirmaydi. Buxoroda yashagan.
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |