Rizvon (arab. رضوان) islomda jannat eshiklarini qoʻriqlovchi farishtadir. Jahannamda ayni vazifani bajaruvchi farishta “Molik” deb ataladi. “Rizvon” soʻzi Qur’onda mavjud emas, bu nom keyingi davr xabarlarida va Me’roj rivoyatlarida uchraydi[1]. Rizvon paygʻambarlar qissasida jannat qoʻriqchisi sifatida ham muhim rol oʻynaydi. Bunga koʻra, u Iblisning Odam alayhissalomning qoʻriqxonasiga kirishiga toʻsqinlik qiladi, ammo ilon uni aldab, Iblisni ogʻziga yashirib, uni qoʻriqchining yonidan oʻtkazib qoʻyadi[2]. Shunindek, Rizvon musulmonlarda oʻgʻil bolalarga qoʻyiladigan ism ham sanaladi.

Manbalar

tahrir
  1. Stephen Burge Angels in Islam: Jalal al-Din al-Suyuti's al-Habaʼik fi Akhbar al-malik Routledge 2015 ISBN 978-1-136-50473-0 chapter 6
  2. Amira El-Zein Islam, Arabs, and Intelligent World of the Jinn Syracuse University Press 2009 ISBN 978-0-815-65070-6 page 98-9