Roʻzi Qodiriy (asl ism-sharifi: Roʻziyev Roʻzi) (1925-yil 6-iyun, Qashqar – 2001-yil 11-avgust, Toshkent) – uygʻur shoiri va adabiyotshunosi. Qashqar shahridagi gimnaziyada (1942—45), keyin Urimchi shahridagi milliy intda (1945—1947) oʻqigan. Sovet fuqaroligini olib, Gʻuljada oʻqishni davom ettirgan (1947— 1949). „Janubiy Tyanshan“ gaz.da boʻlim mudiri, Janubiy SinSzyan adabiyot va sanʼat xodimlari uyushmasining masʼul kotibi, Janubiy SinSzyandagi sovet fuqarolarining „Bizning yoʻl“ gaz. muharriri boʻlib ishlagan (1950—1955). 1955-yilda Oʻzbekistonga kelib, Toshkent universitetini tugatgach (1961), Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1985-yildan). „Dahshatli izlar“, „Lola va Qurbon“ (1948—49) dostonlari, „Zulmat va tong“, „Kurash va oʻch“, „Aminaxonimning uyasi“ (1950—55) dramalari bor. R. Q. Oʻzbekistonga koʻchib kelganidan keyin uygʻur tilida „Uchqun“ (1956), „Uygʻur ertaklari“ (1956), oʻzbek tilida esa „Kurash ilhomlari“ (1959), „Uygʻur qoʻshiqlari“ (1960), „Bahodir oʻgʻlon“ (1962), „Qashqar qoʻshigʻi“ (1965), „Qutlugʻ diyor“ (1969), „Xiva gullari“ (1972), „Gʻururim“ (1978), „Hurriyat sabolari“ (2001) singari sheʼriy toʻplamlarni eʼlon qilgan.

Ac: Uygʻur realistik adabiyotining rivojlanishi, T., 1979.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil