Roʻshonlar (oʻzlarini ruhen, ruxni, ruxyonen deb ataydi[1], soʻzma-soʻz „yorqin, porloq“) — Pomir xalqlari guruhiga mansub. Ular Eron tillarining sharqiy tarmogʻi Shugʻnon-Roʻshon guruhining Roʻshon tilida gaplashadi. Dindorlari shia musulmonlari (ismoiliylar).

Tarixi tahrir

Eronzabon xalqlar bronza davrining oxirida Pomir va Badaxshonga joylashdilar.

Soni tahrir

Tojikistonning Togʻli Badaxshonida (Panj va Bartang daryolari vodiysidagi Roʻshon tumani) — 13,3 ming kishi 1989-yilda[2] (hozirgi kunda 30 minggacha) — va qoʻshni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida, Panj daryosining yuqori oqimi boʻylab (Roʻshon tumaniRoʻshon vodiysida, Shugʻnon viloyatida (Tojikiston TBMV Shugʻnon viloyati bilan adashtirmaslik kerak) taxminan 8 ming kishini tashkil qiladi. TBMVda jami soni, yaqin elat bartanglar bilan birga — 30 minggacha boradi[3]. Immigratsiya natijasida roʻshonlarning bir qismi Shugʻnon viloyatidagi Gunda va Shoxdari daryolarining yuqori oqimida, Xatlon viloyatining Xorugʻ, Qumsangir, Jillikoʻl va boshqa viloyatlarida hamda Dushanbe shahrida jam boʻlishib yashaydi.

Manbalar tahrir