Robert Bleiberg
Robert M. Bleiberg (1924-yil 21-iyun — 1997-yil 3-noyabr) amerikalik muharrir, noshir va yozuvchi. U Barronʼs jurnalida uzoq vaqt muharrir, noshir va direktor boʻlgan.
Robert Bleiberg | |
---|---|
Tavalludi |
21-iyun 1924-yil New York, AQSH |
Vafoti |
3-noyabr 1997-yil (73 yoshda) New York, AQSH |
Kasbi |
|
Tarjimai holi
tahrirBleiberg 1924-yilda Bruklinda tugʻilgan. Manhattandagi Taunsend Xarris oʻrta maktabini hamda 1943-yilda Kolumbiya universitetini tamomlagan[1][2]. U, shuningdek, New York universiteti Stern biznes maktabida biznes boʻyicha magistrlik darajasini olgan.
Robert 1946-yilda Ikkinchi Jahon urushida Qoʻshma Shtatlar armiyasida xizmat qilgan va Okinavada yaralanganidan keyin Barronʼsning yordamchi muharriri sifatida ishga kirgan[1][3]. 1954-yilda esa gazeta muharriri boʻlgan. 1981-yilgacha shu lavozimda faoliyat yuritgan. Robert 1980-yilda Dow Jones jurnallari guruhining vitse-prezidenti, 1982-yilda esa Barronʼs jurnalining muharrir direktori va noshiri etib tayinlangan. Bleiberg 1989-yilgacha nashriyotchi boʻlib qoldi. 1982-yildan 1991-yilgacha yaʼni nafaqaga chiqqunga qadar tahririyat direktori boʻldi[1]. U gazeta tirajini besh baravarga oshirgani va yangicha haftalik rukn yaratgani sababli hurmatga sazovor boʻldi. Bleiberg oʻz runida erkin bozor tarafdori boʻlgan qatʼiy fikrlarni va hukumat aralashuviga qarshi keskin tanqidlarni berib bordi[4][5][6].
Bleiberg Hillsdale kollejidan faxriy doktorlik unvonini oldi, u yerda ham kampus nashri Imprimisga hissa qoʻshdi[3].
1985-yilda Robert New York moliya yozuvchilar uyushmasi tomonidan Elliot V. Bell mukofotiga sazovor boʻldi[7][8]. Shuningdek, 1999-yilda TJFR Group va MasterCard International tomonidan XX asrning 100 ta eng yaxshi ishbilarmon jurnalistlaridan biri sifatida tan olingan[7].
Bleiberg 1997-yil 3-noyabrda Manhattandagi New York kasalxonasida leykemiyadan vafot etdi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 McDowell, Edwin. „Robert Bleiberg, 73, Ex-Editor And a Top Executive at Barron's“ (en-US). The New York Times (1997-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ Columbia College (Columbia University). Office of Alumni Affairs and Development. Columbia College today, Columbia University Libraries, New York, N.Y. : Columbia College, Office of Alumni Affairs and Development, 1959.
- ↑ 3,0 3,1 Bleiberg. „The Thrust Toward Genuine Tax Reform“ (en-US). Imprimis (1981-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ Grant, James. „The Great Contrarian“ (en-US). Wall Street Journal (1997-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Robert Bleiberg: 1924-1997. Barron’s“ (en-US). AHBJ (2013-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ G. Donlan. „Robert M. Bleiberg“ (en-US). www.wsj.com. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ 7,0 7,1 „100 years of Barron's - About Page“. www.barrons.com. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Bell Award Winners | New York Financial Writers' Association“. www.nyfwa.org. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.