Robert Burns Woodward
Robert Burns Woodward (1917.10.4-1979.8.7) - amerikalik organik kimyogar. Garvard universiteti professori (1950-yildan). V. murakkab va biologik muhim organik birikmalar: xinin (1944), kortizon (1951), rezerpin (1956), xlorofill (1960), tetratsiklinni (1962) sintez qilgan, shuningdek, strixnin, terramitsin bilan aureomitsin, magnamitsin, tetrodoksin va boshqa bir qancha muhim tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlagan, organik reaksiyalar mexanizmiga doir bir qancha muhim tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1965).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ "VUDVORD (Woodward) Robert Berne" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |