Robert Douglas Friend (talaffuzi: Robert Duglas Friend) — kanadalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Germaniyaning „Borussia“ klubi va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.

Robert Friend Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Robert Douglas Friend
Tugʻilgan 23-yanvar 1981-yil (41 yosh)
Rouztaun, Kanada
Fuqaroligi Flag Kanadi Kanada
Boʻyi 195 sm
Pozitsiyasi hujumchi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
„München 1860“ safida

Bolaligida Robert Friend voleybol, regbi, tennis va xokkey sport turlarida ham faoliyat yuritgan.17 yoshida u futbol bilan shugʻullana boshlagan. Kollej yillarida Robert Friend kollej futbol jamoasida oʻynagan. 2003-yilda u Amerikaning „Chicago Fire“ klubiga taklif qilingan, biroq u jamoada bir daqiqa oʻynamay, Norvegiyaning „Moss“ klubiga oʻtgan. Yangi jamoada u vatandoshi Patris Bernier bilan qoʻshilgan. 2004-yilda Robert Friend „Molde“ga koʻchib oʻtgan va u yerda Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2006-yilning yozida Robert FriendGollandiyaning „Heerenveen“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzolaga. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qilgan. 26-avgust kuni „Willem II“ ga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasidagi ilk golini urgan[1]. 2007-yil boshida Robert Friend „Heracle“ga ijaraga oʻtgan. 15- aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ga erishgan va yangi jamoasi safidagi ilk gollarini urgan[2].

2014-yil boshida Robert Friend „Los Angeles Galaxy“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan[3]. U MLSdagi debyutini 9-mart kuni „Real Salt Lake“ga qarshi oʻtkazgan[4]. Mavsum oxirida Robert Friend MLS kubogi sohibiga aylangan, shundan soʻng u faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[5].

Xalqaro karyerasi tahrir

2001-yilda Kanada yoshlar terma jamoasi tarkibida Robert Friend Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

2003-yil 19-yanvarda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Robert Friend Kanada terma jamoasida debyut qilgan[6]. 2006-yil 4-sentabrda Yamayka terma jamoasiga qarshi duelda u terma jamoadagi birinchi golini urgan[7].

2007-yilda terma jamoa tarkibida Robert Friend KONKAKAF oltin kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan[8]. Turnirda u Kosta-Rika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2011-yilning yozida Robert Friend ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etgan[9]. Turnirda u AQSH va Gvadelupa jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashdi[10].

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubog Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Moss 2003 25 8 3 2 28 10
2004 16 8 3 0 19 8
Jami 41 16 6 2 0 0 0 0 93 35
Molde 2004 6 2 0 0 6 2
2005 25 10 6 3 31 13
2006 9 2 0 0 0 0 9 2
Jami 40 14 6 3 0 0 0 0 46 17
Heerenveen 2006-2007 19 5 1 0 6 0 0 0 26 5
Heracles Almelo (ijara) 2006-2007 12 3 0 0 12 3
Borussia Mönchengladbach 2007-2008 33 18 1 0 34 18
2008-2009 24 7 1 0 25 7
2009-2010 26 3 0 0 26 3
Jami 83 28 2 0 0 0 0 0 85 28
Hertha BSC 2010-2011 25 5 2 1 27 6
Eintracht Frankfurt 2011-2012 13 1 1 0 14 1
2012-2013 0 0 0 0 0 0
Jami 13 1 1 0 0 0 0 0 14 1
Eintracht Frankfurt II 2012-2013 1 2 - 1 2
1860 Munich 2012-2013 14 4 0 0 14 4
2013-2014 10 1 2 0 12 1
Jami 24 5 2 0 0 0 0 0 26 5
LA Galaxy 2014 10 0 1 0 1 0 12 0
Umumiy karyerasida 268 79 21 6 7 0 0 0 296 85

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari

„Molde“

  • Norvegiya kubogi sohibi — 2005- yil

  „Los Angeles Galaxy“

  • MLS kubogi gʻolibi — 2014-yil

Xalqaro yutuqlari

Kanada

  • 3  KONKAKAF oltin kubogi — 2007-yil

Manbalar tahrir

  1. „Херенвен VS. Виллем II 5:0“ (ru). soccerway.com (2006-yil 26-avgust). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  2. „Хераклес VS. Фейеноорд 4:1“ (ru). soccerway.com (2007-yil 15-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  3. „LA Galaxy sign longtime European pro and Canadian international striker Rob Friend | MLSsoccer.com“. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  4. „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Реал Солт-Лейк 0:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 9-mart). 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  5. „Forward Rob Friend retires from professional soccer | LA Galaxy“. 2015-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  6. „США VS. Канада 4:0“ (ru). soccerway.com (2003-yil 19-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  7. „Гаити VS. Канада 0:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 11-iyul). 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  8. „Коста-Рика VS. Канада 1:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 6-iyun). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  9. „Канада VS. Гваделупа 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2017-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  10. „США VS. Канада 2:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 8-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.