Robert Garayev
Robert Nailevich Garayev (tatarcha: Роберт Наиль улы Гәрәев) — rossiyalik jurnalist, qoʻshiqchi, yozuvchi. „Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970—2010-x“ hujjatli asari muallifi[1].
Robert Garayev tatarcha: Роберт Наиль улы Гәрәев | |
---|---|
Tavalludi |
1976-yil 8-fevral |
Kasbi | yozuvchi, qoʻshiqchi, jurnalist |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Turmush oʻrtogʻi | Maya Garayeva |
Bolalari | Yakov Garayev |
Ota-onasi | Nail Garayev, Asiya Garayeva |
Biografiyasi
tahrirGarayev 1976-yil 8-fevralda Qozon shahrida dunyoga kelgan. Akademik Korolyov koʻchasida katta boʻlgan. 49-sonli maktab yonida yashashiga qaramay 94-sonli gimnaziyada (shuningdek maktab yonidagi musiqa maktabida) tahsil olgan[2]. 1989-yil, 14 yoshida Robertni kamsitadigan va undan pul talab qiladigan tengdoshi paydo boʻlgan. Garayev unga pul berishni xohlamagan va shunda parallel sinfdagi doʻstlari unga „Quyilar“ birlashgan jinoiy guruhiga (ruscha OPG) aʼzo boʻlishni taklif qilishgan va Garayev bunga jon deb rozi boʻlgan[3]. 1991-yilda Robert jinoiy uyushmani tark etgan va otasining uyiga koʻchib oʻtgan[4].
Jinoiy guruhlar bilan aloqasini uzganidan soʻng Rober Garayev Qozon universitetining tarix yoʻnalishiga oʻqishga kirgan[3]. Universitetdagi oʻqish davrida didjeylik qilib pul topishni boshlagan va shu sababli 2004-yilda „16 tonn“ klubida „Zolotoy Gorguli“ mukofotini olgan[5][6]. 2000-yilda Moskvaga koʻchib oʻtgan va „Vash Dosug“ jurnali redaktoriga aylangan. Jurnalning „klublar“ boʻlimi uchun maqolalar yozgan[7]. Shuningdek Heavy Metal DJs guruhi tarkibiga faoliyat yuritadi[8][9]. Yahudiylar muzeyida kurator boʻlib ishlagan davrida oʻzi ham aloqador boʻlgan „Qozon fenomeni“ haqida oʻrganishni boshlagan[10]. Uning izlanishlari faqatgina mavzu haqida ilmiy maqolalar oʻqish bilan cheklanib qolmagan. U jinoiy guruh aʼzolari va politsiya xodimlari bilan juda koʻplar intervyular uyushtirgan[10]. 2020-yilda u „Slovo patsana. Kriminalniy Tatarstan 1970—2010-x“ asarini eʼlon qilgan. 2023-yil dekabrida yozuvchi ayollar jinoiy uyushmalari haqida ham asar yozishini eʼlon qilgan.
Bibliografiya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „«Какое страшное было время». Писатель Роберт Гараев рассказал, как прокуратура проверяла «Слово пацана»“ (ru). fontanka.ru - новости Санкт-Петербурга (2023-yil 5-dekabr). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Архивная кинозарисовка Аркадия Орешникова, снятая в 1992 году на кинопленку казанского завода "Тасма" с пацанами из группировки "Урицкие". "Урицкие" - казанская группировка 1970/1980-х, в 1990-е была поглощена "Московской бригадой". Ореолом обитания группировки был Парк Урицкого в Московском районе Казани и соседние улицы Королева и Гагарина. Сборы были в Парке Урицкого или в подростковом клубе "Патриот". Рядом находились группировки "Пентагон", "Чайники", "Низы", "Хитрый двор". Системообразующая школа была 99-я. Впервые об "Урицких" в городе узнали 8 февраля 1976 года, когда на дискотеку в ДК Урицкого приехал автобус "тепловских" и поколотил всю дискотеку.“. ВКонтакте (2020-yil 17-oktyabr). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 Мария Фролова. „«От одного удара проламывался череп». Он участвовал в войне уличных банд Казани в 90-х. Кровь проливали даже школьники“. Лента.ру (2018-yil 19-may). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Автор «Слова пацана» рассказал о своей жизни после побега из банды - Газета.Ru | Novosti“ (ru). Gazeta. Ru (2024-yil 4-yanvar). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Top of the Pop: DJ Роберт Гараев ака Porno SS | Muzika i klubi | Time Out“ (ru-RU). 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Диджей Роберт Гараев о казанском феномене — Реальное время“ (ru). m.realnoevremya.ru. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Jimi Tenor - Back in USSR“ (ru). m.vashdosug.ru. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Heavy Metal DJs“ (ru). Facebook.com. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ „Heavy Metal DJs“ (en). SoundCloud. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
- ↑ 10,0 10,1 Pavlyuk-Pavlyuchenko, Nikita „Роберт Гараев, автор книги «Слово пацана. Криминальный Татарстан 1970–2010-х»: Я тоже состоял в банде“. Сноб. 2024-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.