Robert Koch
Robert Koch (1843. 11.12, Klaustal — 1910.27.5, Baden-Baden) — nemis mikrobiologi. Epidemiologiya va bakteriologiya asoschilaridan biri. Gyottingen universitetini tugatgan (1866). Berlin universiteti professori (1885—91). Berlindagi yuqumli kasalliklar instituti direktori (1891-1904; hozirgi institut uning nomi bilan yuritilgan). Asosiy ishlari yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqishga oid. Misr, Hindiston, Yangi Gvineya va Yava oroliga mikrobiologik ekspeditsiyalar tashkil etgan. Kuydirgi, sil (1882) vaboni (1883) qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni kashf etgan. Bakterial tadqiqotlar olib borgan. Dezinfikatsiya usullarini taklif etgan. Tuberkulin preparatini topgan (1890). Nobel mukofoti laureati (1905).[3]
Robert Koch | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1843[1][2] |
Vafoti | 27-may 1910[2] |
Fuqaroligi | Kingdom of Hanover va Germaniya imperiyasi |
Mashhur ishlari | Sil qoʻzgʻatuvchisi kashfiyotchisi |
Mukofotlari | Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1905) |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |