Robert Mundell
Robert Mundell (24-oktyabr 1932-yil, Kanada — 4-aprel 2021-yil, Italiya) — amerikalik iqtisodchi. Stanford universiteti va Johns Hopkins universiteti xalqaro tadqiqot markazida (1956—61), Xalqaro valyuta fondi (1961—63), Chikago universiteti (1966—71), Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti professot (1974—97), Jon Gopkins markazi professor (1997—1998). Mundellning ilmiy ishlari jahon iqtisodiyoti, pul-kredit va byudjet siyosati, inflyasiya, iqtisodiy oʻsish, xalq, aro valyuta tizimi tarixi muammolariga bagʻishlangan. Mundell xalqaro valyuta va xalqaro kapital bozorlarining rivojlanishi yoʻnalishlarini hamda yagona Yevropa valyuta tizimiyach vujudga keltirish loyihasini birinchilardan boʻlib ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1999).[1]

Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |