Robert W. Holley
XOLLI (Holley) Robert Uilyam (1922.28.1, Erbana, Illinoys shtati, AQSH) — amerikalik biokimyogar. Illinoys shtati universitetini tugatgan (1942). Kornell universitetining turli ilmiy markazlarida, Dyu Vino laboratoriyada (1943—47), qishloq xoʻjalik tajriba styasida (1948—57), oʻsimliklar, tuproq va oʻgʻitlar laboratoriyada (1957—64), molekulyar biologiya va biokimyo boʻlimida (1965—66), Solka institutida ishlagan (1966-yildan). Nuklein ktalar tuzilishini oʻrgangan. Alaninning tashuvchi RNKsida nukleotidlarning toʻliq ketmaketligini birinchi boʻlib aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1968, M. U. Nirenberg va X. G. Korana bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |