Robin Givens

amerikalik aktrisa

Robin Simone Givens (1964-yil 27-noyabrda tugʻilgan)— amerikalik aktrisa, model va rejissor. U, shuningdek, Sarah Lawrence kollejining bitiruvchisidir[1].

Robin Givens
Tavalludi
Robin Simone Givens

27-noyabr 1964-yil (1964-11-27) (59 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, model, rejissor
Faoliyat yillari 1978-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Mike Tyson
    (turm. 1988; ajr. 1989)
  • Svetozar Marinković
    (turm. 1997; ajr. 1998)
Bolalari 2 nafar

Givens 1986-yilda ABC telekanali efirga uzatgan sitkom Head of the Classda Darlene Merriman rolini 5 yil davomida ijro etgan. Uning 1988-yilgi bokschi Mike Tyson bilan boʻlgan muammoli turmushi[2][3], shuningdek, ularning keskin ravishda ajralishlari ham ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Keyinchalik, Robin bir necha yil davomida AQSh Milliy xonadonlardagi zo'ravonlik bo'yicha ishonch telefonining matbuot kotibi sifatida xizmat qildi[4].

Yoshligi tahrir

Givens New York shahrida Ruth Roper (qizlik familyasi: Newby) va Reuben Givens oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida[manba kerak] ota-onasi ajrashishgan. Onasi Givens va uning singlisi Stephanieni Vernon togʻida va New Yorkdagi New Rochelleda tarbiyalagan[5]. Aktrisa katolik diniga eʼtiqod qiladi[6]. U oʻsmirlik davrrida vaqti-vaqti bilan modellik bilan shugʻullanib turgan[7]. Model sifatida Seventeen va Mademoiselle kabi jurnallarda paydo boʻlgan. Filmlardagi debyutini 14 yoshida The Wiz (1978) filmida Emma xolaning ziyofatida qatnashgan mehmon sifatida amalga oshirgan.

Faoliyati tahrir

2017-yilda aktrisa avvalgi bir necha yillardagi kabi San-Diegodagi qora filmlar festivaliga mezbonlik qildi[8]. 2021-yilda Givens Batwoman teleserialining uchinchi mavsumida Jeturian Industries kompaniyasining bosh direktori Jada Jet (Jezebel Jet) — Ryan Wilderning biologik onasi rolini oʻynagan[9]. 2022-yilda Givens He's Not Worth Dying For filmidaRachel Wade va Sarah Ludemanning adovati tasvirlangan „Ripped from the Headlines — Sarlavhalardan yirtilgan“ nomli qismda koʻrinish beradi. Aktrisa ushbu filmda Ludemann bilan bogʻliq rolni ijro etgan holda Grace Heinemannning onasi Cher Heinemann obrazni gavdalantirgan[10].

Shaxsiy hayoti tahrir

Givens bokschi Mike Tyson bilan 1987-yilda uchrasha boshlagan[5]. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, 1988-yil 7-fevralda ular turmush qurishlaridan oldin Tyson unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgan[2][11].

2004-yilning yanvar oyida Givens Florida shtatining Miami chorrahasida piyodani urib yuboradi[12]. Aktrisa piyodalar oʻtish joyida piyodaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlmagani uchun jarimaga tortildi, ammo keyinchalik ayblovlar bekor qilindi[13]. 2004-yil iyun oyida esa jabrlangan tomon Givensga nisbatan nomaʼlum summani talab qilib, fuqarolik daʼvosi bilan sudga murojaat qilgan[14]. Forbes jurnalining 2009-yil 7-maydagi maqolasida aytilishicha, Ichki daromad xizmati Givensdan toʻlanmagan federal daromad soligʻi uchun jami 292 000 AQSh dollari (inflyatsiyani hisobga olgan holda 369,000 AQSh dollari) undirish maqsadida sudga daʼvo qilgan. Hukumat Florida shtatidagi federal suddan sakkiz yilni ichida boʻlib oʻtgan 39 ta ayblov boʻyicha unga qarshi hukm chiqarishni soʻragan[15].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1978 Wiz, TheThe Wiz Emma xola ziyofatidagi mehmon
1991 Rage in Harlem, AA Rage in Harlem Imabelle
1992 Boomerang Jacqueline Broyer
1994 Foreign Student April
Blankman Kimberly Jonz
1995 Dangerous Intentions Kaye Ferrar
1998 Secrets qisqa metrajli film
2000 Everything's Jake Publisher
2001 Elite, TheThe Elite Ashe
2002 Book of Love Iyanna
Antibody Dr. Rachel Saverini Video
2003 Head of State Kim
A Good Night to Die Dana
Love Chronicles Monifa Burly
2005 Flip The Script Rain Jones
2006 Restraining Order Diane McNeil
2008 The Family That Preys Abigail „Abby“ Dexter
2009 God Send Me a Man Kim
Little Hercules In 3-D Dana
Sounds of Poetry Eleanor qisqa metrajli film
Preaching to the Pastor Dr. Leslie Williams
Mother's Prayer, AA Mother's Prayer Brenda Video
2010 Enemies Among Us Gloria
2011 Church Girl Cat (ism)
Should’ve Put a Ring on It Sherri
Breathe hamshira Nancy
Queen of Media Wendy Williams
2012 Waiting for Angels Jackning qizi Video
2013 JeʼCaryous Johnsonʼs Marriage Material Shauna
Will a Man Rob God? Video
JK’s House xonim Amber Jenkins
2014 Airplane Vs Volcano Lisa Whitmore Video
Four Seasons Helen
Unspoken Words xonim Lewis
2015 A Christmas to Remember Veronica
2016 Definitely Divorcing April
The Perfect Match Geneva
God's Not Dead 2 Principal Kinney
2017 Dreams I Never Had Prosecuting Attorney Hernandez
2018 The Products of the American Ghetto Penny
God Bless the Broken Road Kareena Williams
Never Heard Shala Davis
2019 Gully Irma
Mina Tobias: Shoes qisqa metrajli film
2020 The Sin Choice
2022 Kimi Angelaning onasi

Manbalar tahrir

  1. Katz, Michael. „Tyson-Givens - A Fairy Tale Turned Sour“ (9-oktabr 1988-yil). 21-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Robin Givens Reveals All“. Oprah.com (5-noyabr 2004-yil).
  3. McKinney. „Robin Givens Opens Up About Mike Tyson Abuse In Wake Of #MeToo: Watch“ (inglizcha). Vibe (22-noyabr 2018-yil).
  4. „Robin Givens Responds“. Oprah (13-noyabr 2009-yil).
  5. 5,0 5,1 Collier, Aldore (29–iyun 1987–yil). „Robin Givens Leaves Harvard Med For Hollywood“. Jet. 54–55, 57-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  6. „Excerpt: Robin Givens' "Grace Will Lead Me Home"“. ABC News (6-iyun 2007-yil). 11-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Arias. „If Robin Givens Can Jump from Harvard to Head of the Class, There's No Ceiling on Her Talent“ (EN). People.com (11-may 1987-yil).
  8. Wood. „San Diego Black Film Festival has new venues“ (inglizcha). San Diego Union-Tribune (21-aprel 2017-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  9. Andreeva. „'Batwoman': Robin Givens Joins Season 3 Of CW Drama As Series Regular“. Deadline Hollywood (6-iyul 2021-yil). 6-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2021-yil.
  10. Shreya. „Is Lifetime’s He’s Not Worth Dying a True Story? Where Was it Filmed? Who is in the Cast?“. The Cinemaholic (25-iyun 2022-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
  11. Hasen. „Heavyweight champion Mike Tyson and actress Robin Givens chose...“ (inglizcha). UPI (14-fevral 1989-yil).
  12. „Robin Givens Strikes, Hurts Pedestrian“. people.com (29-yanvar 2004-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2008-yil.
  13. „Charges dismissed against Robin Givens“. usatoday.com (4-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2008-yil.
  14. „89-year-old woman sues Robyn Givens“. usatoday.com (18-iyun 2004-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2008-yil.
  15. William P. Barrett. „Feds Sue Robin Givens For $292,000 Owed IRS“. Forbes (7-may 2009-yil).

Havolalar tahrir