Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
Rofe Ibn Lays Qoʻzgʻoloni (806— 810) — Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Unga Nasr ibn Sayyo’rning nabirasi, buxorxudot Tugʻshodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan.
Qoʻzgʻolonga Xuroson va Movarounnahr noibi Ali ibn Isoning mahalliy xalqqa nisbatan oʻtkazayotgan zulmi sabab boʻlgan. Unda mahalliy dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar, turk qabilalari (qarluqlar va boshqalar) hamda ayrim arab zodagonlari faol qatnashgan. Qoʻzgʻolon 2 bosqichdan iborat boʻlgan. Tabariyning yozishicha, qoʻzgʻolon boshlanishiga maishiy holatlar (nufuzli arab oqsuyaklari oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchilik va boshqalar) bahona boʻlgan. Qoʻzgʻolonning 1bosqichida oʻzi arab va Xuroson noibining mehtari boʻlgan Rofe ibn Laysning harakatga yetakchilik qilishi uning qoʻzgʻolonchilar oʻrtasida nufuzi ortishiga olib kelgan. Janglarda Rofe ibn Lays guruhi Samarqand hokimi Sulaymon ibn Humayd (806)ni va Shosh turklaridan iborat maxsus guruh noibning oʻgʻli Iso ibn Ali (807-yil sentabr)ni oʻldirgach, qoʻzgʻolon avj olib ketgan va Samarqanddan tashqari Buxoro, Xorazm, Shosh, Xoʻjand, Usrushona, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Balx va Toharistonga keng yoyilgan. Buxorodagi qoʻzgʻolonga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays, Ishtixondagi qoʻzgʻolonga esa Ujayf ibn Anbas boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolon koʻlamining tobora kengayib borishidan choʻchigan xalifa Horun arRashid 300 ming kishilik qoʻshinni Harsama ibn Ayyon boshchiligida Xurosonga joʻnatgan (807-yil oxiri). Harsama Marv va Amul orkali Buxoroga keladi va shiddatli janglardan soʻng uni egallaydi (809). Bashir ibn Lays qoʻlga olinib, Tusda qiynab oʻldirilgan. Keyinchalik Horun arRashid oʻgʻli — Maʼmun bilan birga qoʻzgʻolonchilarga qarshi qoʻshin tortib kelgan. Biroq Tuyega yetib kelgach, xastalanib vafot etgan (809-yil mart). Xuroson noibi boʻlib olgan Maʼmun turli yoʻllar bilan qoʻzgʻolonni bostirishga intilgan.
Rofe ibn Lays Samarqandda mustahkam oʻrnashib, unda mudofaa devorlari kurdirgan. U qarlukdar, toʻqqiz oʻgʻuzlar va boshqa turk qabilalaridan ham yordam soʻragan. Maʼmun mahalliy mulkdor Somonxudotnpng nabiralari — Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ibn Asadga maktub yuborib, lashkarboshi Harsama ibn Ayyonning qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashida madad berishini soʻraydi.
Balʼamiyning aytishicha, Maʼmun Xuroson va Movarounnaxr aholisini bir yil xiroj toʻlashdan butunlay ozod qilib, xiroj miqdorini 1/4 qismga kamaytirgan. Maʼmunning akasi — xalifa Amin bilan hokimiyat uchun boʻlgan kurashlarda mahalliy tabaqa zodagonlari Maʼmunni qoʻllabquvvatlaydi. Lekin shu paytdan boshlab qoʻzgʻolon susayadi va uning 2bosqichi boshlanadi. Narshaxiynpnt yozishicha, Asad oʻgʻillarining daʼvatiga koʻra, Rofe ibn Lays dastlab Harsama bilan sulh tuzgan va ular oʻrtasida qudaandachilik vujudga kelgan. Samarqandda Rofe ibn Lays va uning tarafdorlari oʻz xohishlari bilan taslim boʻlgach (809-yil oktabr), qoʻzgʻolondan arab va mahalliy zodagonlar chetlashgan. Yoʻlboshchilarsiz qolgan qoʻzgʻolon tez orada butunlay bostirilgan (810). Rofe ibn Laysning keyingi taqsiri haqida bir-biriga zid turli fikrlar (yangi xalifaning saroyida xizmat qilishdan tortib to qatl qilinishigacha kabi) mavjud.
Rofe Ibn Lays QoʻzgʻoloniRofe Ibn Lays Qoʻzgʻoloni Movarounnaxr va Xurosonda xalifalik hokimiyati inqirozining tezlashuvi hamda somoniylar sulolasi vakillari Nuh ibn Asadii Samarqand, Axmad ibn Asadni Fargʻona (Narshaxiyning yozishicha, Marv), Yahyo ibn Asadni Choch va Usrushona, Ilyos ibn Asadni Hirot amirlari bulishi (817)ga imkon yaratdi. Tohiriylar sulolasining asoschisi Tohir ibn Husayp esa Xuroson amiri boʻlgan (821).
Manba: Istoriya atTabari, T., 1987; Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.
Qahramon Rajabov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |