Vladimir Leonidovich Rojdestvenskiy (1897, Vladimir sh. — 1949, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Racm chizishni mustaqil oʻrgangan. 1923-yildan Oʻzbekistonda. Gazeta va jurnallar ("Vokrug sveta", "Mushtum" jurnallari taxririyatlari)da rassom. Rojdestvenskiy yaratgan karikatura, hajviy asarlar, tarixiy mavzudagi lavhalar, plakatlar obrazlarining taʼsirchanligi, fikr ifodalashdagi aniqligi bilan diqqatga sazovar: "Hamza" turkumi (1939); "Oʻzbekiston" (30-yillar), "Oʻzbekiston oʻtmishidan" (40-yillar) litografik turkumlari, plakatlari ("Harbiy xizmatga chaqirilgan yigitning qasami", "Gʻarbga bor, bahodir", 1942), Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan avtolitografiya turkumlari ("Jasorat", 1942), rangtasvir asarlari va boshqa "Navoiy" (1939), "Mannon Uygʻur", "Abror Hidoyatov" (1944) kabi portretlarida ijodkorlarning ilhom dunyosi ifodalangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil